Emblem Flag Anthem Important dates State awards

Jizzax qo’g’irchoq teatrida “Kashmir qo’shig’i” asari sahnalashtirildi

Sorry, this entry is only available in Uzbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Jizzax viloyati qo’g’irchoq teatrida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Kashmir qo’shig’i” asari sahnalashtirildi.

Sharof Rashidov qalamiga mansub “Kashmir qo’shig’i” qissasi tabiatning jonlanishi, hayotning kurashdan iborat tabiiy harakati mahorat bilan tasvirlangan asarlardan biridir. Ko’hna hind diyori afsonasi asosida yaratilgan asarda Kashmir va Jammu xalqlarining boy o’tmishi, yurt ozodligi va mustaqilligi yo’lidagi qahramonona kurashlari tabiat timsollarida aks ettirilgan.

Teatr ijodiy jamoasi asardagi bu ezgu g’oyalarni qo’g’irchoqlar harakati orqali o’ziga xos badiiy talqin etib, bolalar qalbiga yetkazishga harakat qildi.

Yangi sahna asarining taqdimot marosimida teatr mutaxassislari, adabiyotshunoslar, pedagoglar ishtirok etib, uning rejissurasi va ijrosi haqida so’z yuritdi. Qissa mazmuni, ezgu g’oyasi uning qahramonlari – asalarilar shohi – Bambur, gullar malikasi – Nargiz, yovuz, yemiruvchi kuch – Bo’ron, ziroat zararkunandasi – Xorud o’rtasidagi kurash qo’g’irchoqlar orqali qiziqarli, bolalar ruhiy dunyosiga mos talqin etilgani barchada katta taassurot qoldirdi.

– Atoqli adib Sharof Rashidovning tabiiy hodisalarga bashariy ma’no berib yaratgan ushbu asari sahnalashtirilgani teatrimiz jamoasi uchun muhim ijodiy yutuq bo’ldi, – deydi viloyat qo’g’irchoq teatri direktori S.Lutfullayev. – Ishimizga asosiy bahoni jajji tomoshabinlar beradi. Teatrning yosh tomoshabinlar huzuriga gastrol’ safarlarini ushbu yangi asar bilan boshlashni rejalashtirganmiz.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (50)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. When using the site materials reference to is required www.jizzax.uz. Attention! If You find a mistake in the text, select it and press Ctrl+Enter to notify the administration