Emblem Flag Anthem Important dates State awards

Mehnat yarmarkasi o’tkazildi

Sorry, this entry is only available in Uzbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Jizzax viloyati prokuraturasi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo’limi, YOshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda Sh.Rashidov tumani va Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolar, ya’ni, aliment to’lovidan qarzdorligi mavjud bo’lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Tadbirning ochilish marosimida so’z olganlar Jizzax viloyatida sud qarorlarini ijro etish hamda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish borasidagi ishlar xususida to’xtalib o’tishdi.

Mehnat yarmarkasida jami 75 ta korxona, tashkilot, muassasalar 575 ta ish o’rni bilan qatnashdi. Uning yakunlari bo’yicha ish joyiga ega bo’lmagan aliment undirish belgilangan qarzdorlardan 172 nafariga ishga joylashish bo’yicha yo’llanmalar berildi.

Bu kabi mehnat yarmarkalari ayni kunlarda viloyatimizning barcha tumanlarida o’tkazilmoqda.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (90)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. When using the site materials reference to is required www.jizzax.uz. Attention! If You find a mistake in the text, select it and press Ctrl+Enter to notify the administration