Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining o’n yettinchi sessiyasi bo’ldi

Xalq  deputatlari Jizzax viloyati Kengashining o’n yettinchi sessiyasida “Viloyat mahalliy byudjetining 2016 yilga kutilayotgan ijrosi va 2017 yilga mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to’g’risida”, “2017 yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash viloyat Dasturini tasdiqlash to’g’risida”,  “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash borasida “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo’yicha tasdiqlangan dasturning tegishli ijrochi tashkilotlar tomonidan bajarilishi haqida”, “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2455-sonli va viloyat hokimligining 2015 yil 31 dekabrdagi 343-sonli qarorlari ijrosi to’g’risida”, “Viloyatda O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi» talablari asosida yerlardan foydalanishni tashkil etish, yer uchastkalarini foydalanishga berish va qaytarib olishda amaldagi qonunlarga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQK-2124-sonli qarorida belgilangan vazifalarining amalga oshirilishi haqida”gi masalalar ko’rib chiqildi.2016-12-30_145420

Birinchi masala yuzasidan viloyat moliya boshqarmasi boshlig’i Bahodir Uralovning  mahalliy byudjetning 2016 yilda kutilayotgan ijrosi to’g’risida hisoboti tinglandi hamda daromadlar va  harajatlar  rejasiga kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida axborot berildi.  Shuningdek, 2017 yil uchun mahalliy byudjet parametrlarining aosiy ko’rsatkichlari, jumladan,  daromadlari 701,1 mlrd.so’m, subvensiya miqdori 229,0 mlrd.so’m va harajatlar 930,1 mlrd.so’m miqdorida etib belgilandi.

2017 yilda aholi  bandligini ta’minlash dasturiga ko’ra,  32127 ta yangi ish o’rinlari  yaratilishi nazarda tutilgan.  Shundan, 21759 tasi yangi doimiy ish o’rinlari sanaladi.

Sessiyada deputatlar tomnidan “Jizzax” maxsus industrial zonasi 2013-2015 yillarda  – 88,3 mlrd.so’m va joriy yilning 1 dekabr’ holatiga  – 14,35 mlrd.so’m hajmda kapital mablag’lar o’zlashtirilgani, ishlab chiqarish, transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mutasaddi rahbarlarga chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi bildirildi.

Viloyatda yer munosabatlarini tartibga solish, yerlardan maqsadli va samarali foydalanish  yuorasida  bir qancha  ijobiy ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada,  shahar va tumanlar hokimliklari, fermer xo’jaliklari, tegishli korxona, tashkilot va mutasaddi rahbarlar tomonidan yetarli nazorat o’rnatilmagan. Natijada, yerlarni talon-taroj qilish, o’zboshimchalik bilan egallab olish, yerlardan belgilangandan boshqa maqsadlarda foydalanish, amaldagi  qonun hujjatlariga zid ravishda yer uchastkalari ajratib berish holatlariga yo’l qo’yilgan.  Bu esa “Yer kodeksi” va amaldagi qonun osti hujjatlari talablarining buzilishiga  sabab bo’lgan. Deputatlar  viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig’i Ibrohim Ergashevning bu boradagi hisobotini tingladilar, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sessiya qarorini qabul qildilar.

Sessiya ishida Jizzax viloyat hokimi U.Uzoqov hamda Moliya vazirining o’rinbosari D.Sattorovlar ishtirok etdilar.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (1809)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing