Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Oylik arxiv: Yanvar 2017

«Kollej bitiruvchilarini o’z biznesini tashkil etishga berilgan imtiyozlar»

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax hududiy bo’linmasi tomonidan Zarbdor hizmat ko’rsatish KHK «Kollej bitiruvchilarini o’z biznesini tashkil etishga berilgan imtiyozlar» hamda «Nikoh shartnomasi, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari» asosiy maqsadi va mohiyatini yoshlarga tushuntirish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.

 

Jizzaxda «Mustaqillik me’mori» nomli tadbir tashkil etildi

Jizzax Davlat pedagogika instituti “Tarix” fakultetining Ijtimoiy fanlar kafedrasi “Ilmiy ijod” markazi xonasida O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi  Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning tavallud kuniga bag’ishlangan “Mustaqillik me’mori”, “Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti” nomli xotira tadbiri o’tkazildi.

 

“Tadbirkor ayol” uyushmasi bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolarni o’rgandi

Mamlakatimizda tadbirkor ayollarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani ularning ishbilarmonlik tashabbuslari qo’llab-quvvatlanib, oilasi va jamiyatimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJning Jizzax viloyat filiali barcha tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, kichik biznes vakillari hamda xususiy tadbirkorlarni ochiq tanlov savdolariga taklif etadi

Savdoga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 285-sonli qarori hamda Jizzax viloyat hokimligining 2016 yil 31 oktyabrdagi 03-747-sonli aloqa xatiga asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi yer uchastkalarining doimiy foydalanish huquqi quyilmoqda:

 


“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJ Jizzax viloyat filiali boshlang’ich bahosi oshib borish tartibida o’tkaziladigan takroriy ochiq auksion savdolariga taklif etadi!

Savdoga Davlat raqobat qo’mitasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasining 2016 yil 21 iyuldagi 105i/ch-sonli buyrug’iga hamda Jizzax tumani hokimining 2016 yil 16 iyundagi 969-sonli qaroriga va auksion savdolarini o’tkazish komissiya yig’ilishining 2016 yil 28 dekabrdagi 44-sonli bayonnomasiga asosan Jizzax tumani, Ravot QFY, Ravot SIU hududidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 600 kv.m (10, 14, 19, 22, 27, 28, 30, 35-sonli) 8 ta yer uchastkalari takroran qo’yilmoqda. Har bir yer uchastkasiga bo’lgan huquqning boshlang’ich bahosi –210 000 so’mdan.

 

Kalta o’ylaydigan qizning pushaymoni

Har bir inson biror yumushga qo’l urishdan oldin yaxshilab o’ylab keyin shu ishni boshlashi kerak. Bu masalada avvalo shoshqaloqlikka berilmasdan bilim va dunyoqarashiga suyangan holda ish ko’rsa  maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zboshimchalikka berilib, kalta  o’ylab qilingan ish har qanday  odamni Muborak Abdurahmonova  kabi qizlarimizga o’xshab sud zalida o’tirishga majbur qiladi. Shu bois ota-bobolarimiz azaldan “Yetti o’lchab bir kes”,  degan naqlni bejizga aytishmagan.

 

Jizzax viloyatida bo’shab qolgan o’ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 27 yanvar kuni Jizzax shahridagi Y.Rajabiy nomli musiqali drama teatrida Xalq deputatlari Jizzax viloya­ti davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo’shab qolgan o’ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo’yicha qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.

 

Jizzaxda «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi» muhokama qilindi

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax viloyat hududiy bo’linmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yildagi iqtisodiy dasturning ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilishdagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”  nomli ma’ruzasidan kelib chiquvchi vazifalarni muhokama qilishga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. 

 

Kim qilsa imoratki…

2016 yil. …Yozning so’nggi kunlari yuraklarga besaranjomlik olib keldi. Nigohlarda allanechuk o’ychanlik, xavotir sodir bo’ldi. Dov-daraxtlar, gullarning qaddi egilgandek, tarovatiga darz ketgandek, xazonrezgi faslga bo’yin eggandek. Bayram, unga ko’rilayotgan hozirlik haqida hech kim gapirmay qo’ydi. Hamma o’zi bilan o’zi ovora. Vujud quloqqa aylangan. Hamma ertadan kechga qadar yaxshi xabarga muhtoj.

 

Kasb kamolotga, farog’otga yetkazadi

Bugun yurtimizda yosh avlodning kasb-hunar o’rganishi, o’z iqtidorini  namoyon etishi, bir so’z bilan aytganda, ularni har jihatdan barkamol inson bo’lib voyaga yetishishi uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Yoshlarimiz ham o’z navbatida bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, ko’plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishayotir.

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing