Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Kasbimdan cheksiz faxr tuyaman chunki kundalik mehnatimdan el naf ko’rayapti

Insonning har jihatdan sog’lom, aqlan va ruhan tetik hayot kechirishi, turli zo’riqishlardan xoli yashashi jamiyatning eng katta boyligi, chinakam saodatidir. Sizu biz amalga oshirayotgan islohotlarning tub negizi inson manfaatlari, uning hayotiy ehtiyojlariga xizmat qildirilayotgani zamirida azaliy qadriyatlarimiz tantanasini ko’rish, nurli kelajagimiz ulug’vorligini his etish qiyin emas. Tibbiyot sohasiga katta e’tibor berilayotgan bir paytda soha mutaxassislarining ham ish unumi ortib, tajriba va malakalari oshmoqda.

Viloyatimizda bunday jonkuyar shifokorlar talaygina. Shulardan biri RSHTYOIM viloyat filiali travmotologiya bo’limi mudiri, viloyat bosh travmotologi, I-darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni sohibi, “O’z kasbining mohir egalari”  ko’rik-tanlovining respublika bosqichi g’olibi   Abdumannon BARATOVdir. Unutilmas damlarda u kishi bilan uchrashib, tibbiyot sohasining buguni va kelajagi xususida suhbatlashishni lozim topdik.

—Abdumannon aka, kuzatishlar shuni tasdiqlaydiki, bugungi kunda nima uchundir yosh bolalar,  shuningdek, keksa avlod vakillari orasida suyakning turli darajada sinishi holatlari ko’p kuzatilayapti. Sohada katta tajribaga ega bo’lgan mutaxassis sifatida bu holni qanday ifodalagan bo’lardingiz?

To’g’ri. Aynan yosh bolalar va keksalarda suyak sinish holatlari  bilan bog’liq hodisalar ko’p va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ham turlicha. Keksalarda osteoporoz xastaligi bilan bog’liq holat tez-tez uchraydi va bu o’z navbatida suyaklarning tizimli kasalligi deb yuritiladi. Tana  og’irligining o’zgarishi va suyak to’qimasidagi  buzilishlar bu a’zolarning mo’rtlashishiga olib keladi. Natijada ularning sinish xavfi ortadi. Suyaklarning tuzilishi va ularning me’yoriy faoliyati uchun inson organizmiga  bir qator moddalar—kal’siy, fosfor, magniy, rux, marganets, ftor va D vitamini zarur. Umr davomida eski suyak to’qimasining yemirilishi va yangisining paydo bo’lish jarayoni kechadi. Bu jarayon organizmda kal’siy-fosfor moddalari almashinuvi bilan bog’liq. D vitamini esa organizmga oziq-ovqat mahsulotlari orqali tushadi va quyosh nurlari ta’sirida ham paydo bo’ladi. Osteporozda barcha suyaklar zararlansa-da, umurtqa pog’onasi, bilak va son suyagi boshchasi sinishi ko’p kuzatiladi. Farzandlarimiz tarkibida kal’siy mo’l bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq iste’mol qilishi kerak. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishlari lozim. Spirtli ichimliklar, chekish kabi zararli odatlardan uzoqroq yurish zarur. Ota-onalar tomonidan bolaning nazoratsiz qoldirilishi, yo’l-harakati qoidalariga yetarlicha rioya qilmaslik va boshqa shunga o’xshash ehtiyotsizliklar tufayli ularda suyak sinishi holatlari uchraydi.

—Suyakning to’g’ri bitishida travmotolog-ortopedning roli katta. Biroq bemorning uy sharoitida parvarishlanishi ham muhim hisoblanadi.  Bu borada qanday tavsiyalar bergan bo’lardingiz?

—Avvalo shifoxonaga keltirilgan bemorga birinchi yordam berish—vazifamiz. Suyakning sinish sabablari o’rganilgach, unga jarohat holati yuzasidan tibbiy yordam ko’rsatiladi. yengil jarohat olgan bemorlarga travmotologiya punktimizda siniqlarni to’g’rilash, terapevtik xastaliklarning oldini olish borasida tibbiy xizmat ko’rsatiladi, so’ngra maxsus bog’lamalar qilinadi. O’ta og’ir sinish holatlarida esa zudlik bilan jarrohlik amaliyoti qo’llaniladi. Undan oldin tabiiyki, bemor albatta mutaxassislar ko’rigidan o’tkaziladi.

 Kasalxonadan sog’ayib chiqqan inson uy sharoitida ham alohida parvarishga muhtoj. Chunki suyakning ma’lum bir muddatda bitishi uchun mo’miyo va kal’siy preparatlarini qabul qilishi, u nazoratsiz, e’tiborsiz  qoldirilmasligi, travmotolog ko’rigidan o’tib turishi zarur. Albatta, bemorning sog’ayib, tezroq oyoqqa turib ketishi shifokorga ko’p jihatdan bog’liq. Travmotolog nafaqat bilimli, malakali, shuning bilan birga muomala madaniyati yuqori darajada shakllangan, ruhshunoslik san’atini puxta egallagan bo’lishi ham lozim. Turli yoshdagi bemorlar bilan muloqot chog’ida undagi ana shu xislatlar juda asqotadi.

—Tibbiy ong va tibbiy madaniyatning to’la shakllanishi umummadaniyatni belgilaydi. Bu borada shifokorlar mehnatiga bo’lgan ehtiyoj salmoqli. SHundan kelib chiqib travmotologiya sohasida erishilgan  yutuqlar, ustoz-shogird an’analari haqida ham to’xtalib o’tsangiz…

—Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish mamlakatimizda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Biroq, afsuslar bo’lsinki, ayrim oilalarda tibbiy madaniyatning yetishmasligi holatlari uchrab turadi. Sog’lom turmush tarzini qaror toptirishda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki barchamiz faol bo’lishimiz zarur.

Bo’limimizda o’n nafar oliy toifali travmotolog-ortoped  faoliyat ko’rsatadi. Bir yilda 500 tadan ortiq jarrohlik amaliyotlari o’tkazamiz. Mingdan ziyod bemorlar davolanib, oilasi bag’riga qaytadi. 42 yillik ish tajribam jarayonida 15 mingdan ziyod murakkab operatsiyalarda qatnashdim. Sizningcha bu ko’pmi, ozmi? Nima bo’lganda ham yosh, bilimli mutaxassislarga ehtiyoj katta. Ular mehnatiga ko’proq tayanishimiz kerak. Yaqinda uch nafar oliy toifali travmotologimiz Koreya davlatida malaka oshirib qaytishdi. Bu boradagi hamkorlik davom ettiriladi.

Xabaringiz bor, viloyatimizning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalari qoshida travmotologiya bo’limlari ishlab turibdi. Zamonaviy  apparatlar, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar zamirida  xalqimizning tinch, farovon turmush kechirishi, yosh avlodni har tomonlama sog’lom voyaga yetkazishdek ezgu maqsadlar mujassam.

Ustozlarim Sunnat Qosimov, Orif Tolipov, Po’lat Alimov,  Qurol Musurmonov kabi fidokor insonlarning mehnatlari samarasida aholiga ozmi-ko’pmi yordamim tegayapti. Shundan xursandman. O’zimni baxtli hisoblayman. Mehnatlarimdan shifo topganlar qo’llarini duoga ochganida yanada ruhlanaman. El koriga yaray boshlagan, serg’ayrat, mehnatsevar shogirdlarim Musurmonqul Rahmatov, Yorqin Kamolov, Jasur Yarlaqabov, Jamshid Baratov kabi oliy toifali travmotologlar qatorida ishlab, ularga qo’limdan kelganicha maslahatimni berib, ustozlik gashtini surayapman.

Bilasizmi,  egnimga har safar oq xalat kiya boshlaganimda qalbimni hayajon chulg’aydi. Ko’rinishidan kasbga doir libos bo’lsada, uning qanchalar zalvorli ekanini his qilasan kishi. Oq rang ishonch ramzi, mas’uliyat tuyg’usi, burch tushunchasi. Har bir bemorni tekshiruvdan o’tkazayotganimda ana shu burch tushunchasi meni sergaklikka chorlaydi. Jarrohlik stoliga yotqizilgan bemor o’z  hayotini bizga  ishonib topshirayotganini najot ko’zlari ifodalab turadi. Bu nigohlarga boqar ekanman, har safar o’zimni birinchi bor jarrohlik amaliyotiga qo’l urayotgan kishidek his qilaman go’yo. Operatsiyadan so’ng kulib turgan bemor chehrasiga qarashdan ham baxtli lahzaning o’zi yo’q. Ko’ksimni so’z bilan ifodalash qiyin bo’lgan g’urur egallaydi. Kasbimdan faxr-iftixor tuyg’usini tuyaman. Bitta inson uchun shuning o’zi yetib-ortadigan saodat emasmi? Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimni yangi yil bilan chin dildan muborakbod etaman. 2017 yil har bir xonadonga bitmas-tuganmas xursandchilik olib kelsin!

Suhbatdosh: Shahnoza YULDASHEVA

 

 

 

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (2924)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing