Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Maqsadga yarasha harakat

O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida yurtimiz, xalqimiz taqdirida muhim ahamiyat kasb etuvchi voqea yuz berdi — Vatanimiz Mustaqil bo’ldi. Istiqlol epkini ko’ngillarda milliy g’ururni uyg’otdi, millatga o’z tilini, dinini, tarixini, qadriyatlarini qaytardi. Moziydan ma’lumki, erkni qo’lga kiritmoq boshqa ishu, uni saqlab qolish mutlaqo boshqa tadbir. Ammo har ikkisining asosida yurtga sadoqat, fidoyilik yotadi.

jizzax-shaharShu ma’noda, bizning omadimiz chopdi, deb o’ylayman. Taqdir bizga Islom Karimovdek shijoatli, uzoqni ko’ra biladigan, millat manfaatini har nedan ustun qo’yadigan yetakchini ravo ko’rdi. Ayni shu jihat mamlakatimizning dunyo davlatlari qatoridan munosib o’rin egallashi, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishi uchun asos vazifasini o’tadi. Bu jarayonda e’tibor ishlab chiqarishni, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishga qaratilganiga barchamiz guvohmiz. Ko’z o’ngimizda ishbilarmonlar, fermerlar, oilaviy tadbirkorlar sinfi shakllanib, “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg’asi ostidagi mahsulotlarning jahon bozoridagi ulushi ortib bormoqda.

Jumladan, o’zim istiqomat qiladigan Jizzax shahrida ham o’nlab sanoat korxonalari, yuzlab kichik ishlab chiqarish quvvatlarining faoliyati yo’lga qo’yildi. Quvonarlisi, har yili viloyatimizda paxta va meva-sabzavotni qayta ishlovchi ko’plab korxonalar foydalanishga topshirilayapti, ularda tayyorlangan mahsulotlar eksport qilinayotir. Shu o’rinda yana bir ma’lumot: bundan 10 yil avval viloyatda atigi 300 million so’mlikdan oshiq mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu yilning o’tgan davrida mazkur ko’rsatkich 3 milliard 439 million so’mdan oshib ketdi. Shu muddat ichida ishlab chiqarish hajmi o’sha vaqtga nisbatan  7 barobarga ortgani, qurilish sohasida esa 30 barobarlik o’sish qayd qilinganining o’zi  ko’p narsani anglatadi. Bunday yuqori natijalarni xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari tayyorlash, tashqi tovar aylanmasida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Paxta xomashyosidan kalava ip va mato ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan “Jizzax plasteks” korxonasida bugun mingdan oshiq ishchi-xodim faoliyat ko’rsatayapti. Oq  sement ishlab chiqarish imkoniyati sabab Markaziy Osiyoda yagona sanaladigan Jizzax sement zavodi yetti yuzdan oshiq ish o’rniga ega. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni viloyatimizda ishlab chiqarishning yangi yo’nalishlarini yuzaga keltirish uchun xizmat qildi.

Industrial hududda o’tgan davr mobaynida tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, changyutgich, kir yuvish mashinasi, mikroto’lqinli pech, svetodiod chiroqlar, polepropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi o’nlab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni vaqtda hududda yana bir qancha loyihalarning amalga oshirilayotgani viloyat iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, shu orqali aholini ish bilan ta’minlash va turmush farovonligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Bundan bir necha kun ilgari mamlakatimiz aholisi yurtimiz, xalqimiz taqdirida muhim ahamiyat kasb etuvchi siyosiy tadbirda ishtirok etib, mamlakatimiz prezidentligiga Shavkat Mirziyoyevni sayladi. Elimizning ushbu tanlovi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan boshlab berilgan ishlar izchil davom ettirilishidan darakdir. Jumladan, respublikamiz rahbarining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni maqsadu mazmuni bilan ushbu fikrimizni tasdiqlaydi.

Mazkur huquqiy hujjat mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, mahalliy va xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar ko’lamini kengaytirish, ilg’or texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishni nazarda tutadi. Mutaxassislar tayyorlash masalasi ham e’tibordan chetda qolmagan.

Yana ham aniqrog’i, farmon ishbilarmonlarning soliq va bojxona to’lovlari borasidagi imtiyozlari muddatining uzaytirilishi hamda xomashyo, butlovchi qismlarning importi jarayonida bojxona to’lovlaridan ozod etilishi uchun omil bo’ladi. Shuningdek, erkin iqtisodiy zona doirasida shartnomalar bo’yicha to’lovlar xorijiy valyutada erkin amalga oshiriladi. Iqtisodiy zonalarning yagona nomda yuritilishi hamda imkoniyat va imtiyozlar borasida bir xillikning yuzaga keltirilishi sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Shu o’rinda aytish joizki, 2014-2016 yillarda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasiga 249,4 million AQSH dollari qiymatidagi 25 ta loyiha joylashtirildi. Ayni vaqtda ushbu korxonalarning 19 tasi faoliyat boshladi va ularda mingdan ortiq ish o’rinlari yuzaga keltirildi. Mazkur korxonalarda ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 baravarga, eksport miqdori 2,4 barobarga ortgan.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan viloyatimizda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash borasida kelgusi ikki yilda 1 trillion 600 million so’m qiymatidagi 700 tadan ortiq investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi barcha jizzaxliklar qatorida meni ham behad quvontirdi. Ushbu loyihalarning 230 tasi yengil sanoat, 134 tasi charm poyabzal, 117 tasi kimyo va elektr texnikasi, 255 tasi qurilish mahsulotlari tayyorlashga yo’naltirilganligi bilan diqqatga molikdir. Hozirda viloyatimizda yetishtirilayotgan paxta xomashyosining 38 foizi qayta ishlanayapti. Bu ko’rsatkichni 2021 yilda 87 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda, xususan, viloyatimizda ishlab chiqarishga bunday yondashuv yaqin yillarda iqtisodiyotimizning yuksalishi, yurtimizning dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan joy olishi uchun xizmat qilishi shubhasiz. Aytgancha, yaqin bir necha oy ichida viloyatimizda o’nga yaqin katta-kichik korxonalar faoliyati yo’lga qo’yiladi. Jumladan, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida yiliga 24 million kvadrat metr oyna tayyorlovchi korxonani ishga tushirish tadbirlari ko’rilmoqda. Xullas, harakatlarimiz maqsadlarimizga mos.

Shuhrat Jo’rayev,  viloyat hokimligi kotibiyat mudiri.

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (2958)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing