Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

O’zLiDeP ochiq muloqot va kitoblar ko’rgazmasi tashkil etdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoyi” akademik litseyida “Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish orqali yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash” mavzusida ochiq muloqot va kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

dsc_0335Tadbirda viloyat Ma’naviyat targ’ibot markazi, Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoyi” akademik litseyi, Jizzax davlat pedagogika instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax hududiy bo’linmasi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi, partiyaning “Yoshlar qanoti” guruhi vakillari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlari; globallashuv va ma’naviy tahdidlar, yoshlarda internet madaniyatini shakllantirish masalalari, yoshlarning axborot xurujiga qarshi immunitetini  shakllantirishning muhim omillari, O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, yurtimizda ta’lim tizimiga, yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlashga, mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirish ayniqsa, partiya yoshlar kanoti faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilayotgan e’tibor to’g’risida so’z yuritib, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni alohida ta’kidlashdi. SHuningdek, yurtimizda ijod axlini rag’batlantirishni yanada kuchaytirish va ayni vaqtda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so’nggi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko’nikmasini yanada yuksaltirishga karatilgan tizimli ishlarni tashkil etish, yoshlar tarbiyasida oila hamda ta’lim muassasalarining roli va ahamiyatini yanada oshirish, ularni yuksak ma’naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalash borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Internet dunyo bo’yicha kundan-kunga jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganligini, ayniqsa, jahon tarmog’idan foydalanuvchilarining soni ortib borayotganligida ko’rish mumkin. Xususan, dunyo aholisining 42 foizi, ya’ni   3,2 milliard kishi internetdan foydalanmoqda. YUrtimizda esa so’nggi o’n yil ichida internetdan foydalanuvchilar soni o’n baravarga oshdi. 2007 yilda foydalanuvchilarning soni bir millionni tashkil etgan bo’lsa, bugun bu ko’rsatkich o’n million ikki yuz mingga yetdi. Bu mamlakatimiz aholisining qariyb 32 foizi demakdir.

Hozirda internet auditoriyasining katta qismini yoshlar tashkil etmoqda. Jahon tarmog’ida yaratilayotgan imkoniyatlarni inkor etolmaymiz, albatta. Biroq, kuchli mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lgan ushbu mo’’jiza jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarayotgani hech kimga sir emas.img_2552

Aynan shu jihatlarni inobatga olib, yoshlarni internet tarmog’idagi buzg’unchi kontentdan himoya qilish va ularda internet madaniyatini shakllantirish, hayotga teran qaraydigan ma’nan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, axborot makonida salbiy tusdagi tahdidlardan asrash, internet tarmog’idan xavfsiz foydalanish, salbiy veb-saytlar orqali kirib kelayotgan yot g’oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, ayni vaqtda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so’nggi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko’nikmasini yanada yuksaltirish maqsadida O‘zLiDeP tomonidan “Xavfsiz internet” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha yoshlarning intellektual mehnat sohasida o’z qobiliyat va iste’dodini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, barkamol avlod sifatida ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash borasidagi partiyaning dasturiy maqsadlarida aks ettirilgan ustuvor vazifalarga hamohangdir.

Tadbir davomida “Yoshlar va ta’lim”, “Yoshlar va ijod” haqida video lavha namoyish etildi. Shuningdek, yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usi, sog’lom turmush tarzini kamol toptirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, farzandlarimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etilib, unda institut talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’zlari qiziqqan kitoblar bilan tanishdilar, kitoblarni olib o’qishdi, mutolaa qilishdi, o’qib o’rganishlari uchun o’zlariga yoqqan kitoblarni xarid qilishdi.

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (2900)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing