Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

“Men ko’zlagan marralar…”

Yoshlik—rivojlanish pallasi. Bu davr ijod qilish, tajriba almashish, o’qish, izlanish kabi salohiyatni namoyon etishning ayni mavridi. Jamiyat ravnaqiyu yurt istiqboliga xizmat qiladigan ko’pgina yangi g’oya va tashabbuslar ham aynan yoshlardan chiqadi. Mana ikki yildirki, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar haftaligi” o’tkazib kelinayapti. Haftalik doirasida tashkil qilinayotgan tadbirlar, festivallar, turli tanlovlar yoshlarni qo’llab-quvvatlash, yosh iqtidorlarni izlab topish, ularni munosib taqdirlashga xizmat qilmoqda.%d1%81%d1%83%d1%80%d0%b0%d1%82

Viloyat teleradiokompaniyasining suxandoni Aziza Ahadovani “Yoshlar nigohi”, “Yoshlar va zamon” kabi eshittirish va ko’rsatuvlari orqali yaxshi taniysiz. Aziza haftalik doirasida o’tkazib kelinayotgan “Yangi nigoh” videoroliklar  tanlovining respublika bosqichi g’olibi bo’ldi. Tanlovda  asosan havaskor yoshlar, operatorlar, talabalar va boshqa yosh iqtidorlar   o’zi yaratgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.

—Tanlovda chinakam iqtidorli yoshlar qatnashdi,—deydi Aziza.— 250 nafardan ortiq  yoshlar o’z ijod namunasini namoyish etishdi.  “O’zbekistonda ekoturizm salohiyatini aks ettirgan eng yaxshi videorolik”  nominatsiyasi bo’yicha g’oliblik menga nasib etdi. Men tayyorlagan 3 daqiqalik videolavha viloyatimizdagi Aydarko’l manzarasi, jozibali tabiati, sayyohlik imkoniyatlari, uning paydo bo’lish tarixi, ko’lning suvi va baliqchilikka bag’ishlangan edi.  Ma’lumki hozirda Aydarko’l vohamizda sayyohlik markaziga aylantirilgan maskan. Shu tufayli uning go’zal manzaralari haqidagi rolik ustida tajribali operator O’tkir Jumashov bilan bir necha hafta ishladik. Mehnatimiz besamar ketmadi. Tanlovda ijodiy ishlarni baholashda g’oyaning originalligi va dolzarbligi, yuqori badiiy saviya, operatorlik topilmalari kabi mezonlarga e’tibor qaratildi.

Darhaqiqat bunday tanlovlar yoshlarni ko’proq izlanishga undaydi. Aziza ham o’z ustida tinimsiz ishlaydi. Bo’sh vaqtida badiiy kitoblarni mutoala qiladi. U Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2- akademik litseyda o’qib yurgan kezlari suxandonlikka qiziqa boshladi. Shu  yillari viloyat teleradiokompaniyasining radioeshittirish va teleko’rsatuvlarida jamoatchi muxbir sifatida qatnashib turdi. Endilikda Azizani shirali ovozidan ham tanishadi. —Ustozlarim O’tkir Xolbekov hamda Sevara Abdullayevalardan shu kasbning mas’uliyatli jihatlarini bilib oldim, —deydi u. — Yoshlar hayoti, orzu va intilishlari haqida ko’rsatuv va lavhalar tayyorlashni o’rgandim. Orzularim ko’p. Oliy o’quv yurtiga kirib o’qib,  o’z kasbimning mohir egasi bo’lsam deyman. Bu yo’lda har qanday mashaqqatni yengib o’tishga tayyorman.

Darhaqiqat, yoshlar—ertamizning hal qiluvchi kuchi. Ularda g’ayrat, shijoat,  iqtidor bor. Ana shu uch unsur birlashgan taqdirda buyuk ixtirolar qilinadi. Demak, navqiron avlodning ilmu ma’rifatli bo’lishi, avvalo, o’zimiz uchun foyda. Fursatni boy bermaylik, aziz yoshlar!

Shahnoza YULDASHEVA

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (2611)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing