Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Himoyachingman – VATAN!

Sir emaski, bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlarida beqarorlik, terrorchilik, narkobiznes kabi millat tanlamas illatlar xalqaro xavfsizlikka taxdid solmoqda. Bu kabi holatlar esa bizning jannatmonand diyorimizda tinch va farovon hayot kechirayotgan xalqimizga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qo’yayotgani yo’q. 1Bugungi kunda jahonning olis mamlakatlarida va yon-atrofimizda vujudga kelayotgan vaziyatga baho berar ekanmiz, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka taxdidlarning ko’lami borayotganini, ya’ni paydo bo’layotgan qarama-qarshiliklarni hal etishda kuch ishlatishga zo’r berish ustunlik qilayotganini, xomashyo resurslari va kommunikatsiya ustidan nazorat qilish bo’yicha geosiyosiy raqobatning oshganini, yadro texnologiyalari va ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishini, xalqaro terrorizm va ekstremizmning keng tarqalayotgan ekspansiyasining kuchayotganini e’tirof etmaslik mumkin emas.

Sayyoramizning turli mintaqalarida ro’y berayotgan bunday voqealarga teran tafakkur bilan qarash va baho berish lozim. Bu muammolarga mening daxlim yo’q, degan tushuncha bilan yashashning beparvo loqaydlik bilan qarashning davri o’tgan. Xalqaro tadqiqot institutlarining xulosalariga ko’ra, so’nggi to’ntarish va ziddiyatlarning natijasida 2013-2016 yillarda dunyo miqyosida qariyb 850 milliard AQSH dollariga teng qurol-yarog’ sotilganidan ham yer yuzida nima uchun urush holatlari ko’payib borayotganining sababini tushunish qiyin emas. NATOning 2014-yilning sentabr’ oyida Buyuk Britaniyada o’tkazilgan sammitida alyansning yaqin istiqboldagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilanib, yevroatlantik aloqalarni mustahkamlash, koalitsiyaviy harbiy potensialni oshirish, hamkorlik siyosatini rivojlantirish shular jumlasidandir.

 Dunyoning turli nuqtalarida yuz berayotgan bunday mudhish voqealar  bizning jannatmakon o’lkamiz ona Vatanimiz O’zbekistonga ham qaysidir ma’noda o’z ta’sirini o’tkazmay qo’yayotgani yo’q, albatta. Yuqorida ko’rsatilgan ushbu muammolarning ta’sir doirasini butunlay yo’q qilish va ona diyorimizni asrab-avaylash milliy armiyamiz saflarida tunlarini – kunga ulab xizmat qilayotgan  harbiy xizmatchilarimiz qo’llarida. Ha, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimizning osoyishta hayot kechirishi, sarhadlarimiz dahlsizligi ko’p jihatdan Qurolli Quchlarimizda xizmat qilayotgan mard, jasur, va sergak harbiylarimizga bog’liq.

Albatta, shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki Vatan desa ikki qo’llab jonini tutadigan bunday mard, jasur o’g’lonlarimizga zarur shart-sharoitlarning barchasi yaratib berilgan. Bunga misol tariqasida 2012–yil 31 may kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining yana bir muhim qarori qabul qilindiki, u, O’zbekiston Republikasi qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar bilan bog’liqdir.

Unga ko’ra, O’zbekiston Republikasi qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan, harbiy qism qo’mondonligining tegishli tavsiyanomalariga  ega bo’lgan fuqarolar respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarini bakalavr bosqichiga kirishda to’plash mumkin bo’lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo’ladilar.

Mazkur tavsiyanomalar uch yil muddatga amal qiladi. Tanlovdan o’ta olmagan abituriyentlarning respublikaning boshqa oliy o’quv yurtlariga qabul qilish bo’yicha arizalari  test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida Davlat test komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi. Bunda abituriyent tanlagan boshqa oliy o’quv yurtlariga qabul qilishi tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar hisobga olingan holda Davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Yurtimizda “Amir Temur” “Jaloliddin Manguberdi” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari” uchun medallari ta’sis etilgan bo’lib, ular davlatimizning mudofaa qudratini yuksaltirishga hissa qo’shayotgan harbiylarimiz mehnatini qadrlash, shu bilan birga el-yurt taqdiriga dahldorlik hissi bilan yashaydigan fidoyi va Vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Yurtimizda Vatan himoyachilari kunini nishonlash, bayram qilish an’anaga aylandi. Har galgidek, bu yilgi nishonlanadidan bayramga ham katta tayyorgarlik ko’rilmoqda. Mamlakatimizning barcha joylarida shodu-hurramlik bilan o’tkaziladigan bayram tabriklari yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, harbiy-vatanparlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish ishtiyoqini yanada kuchaytirishi shubhasizdir. Toki bu hayotda har bir fuqaroning men O’zbekiston farzandiman, men o’zbek o’g’loniman degan yuksak fikr ongu tafakkurida aylanib turar ekan, Vatanimiz kelajagi buyuk bo’ladi.

 Himoyachingman Vatan!

B.Ergashev

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (2229)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing