Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Ota-onalar harbiylar uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun

Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklari hamkorligida Jizzax va Namangan viloyatlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida “Mening o‘g‘lim – Vatan himoyachisi” deb nomlangan videomuloqot o‘tkazildi.

askarJizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.To‘rayeva va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish har bir yigit uchun shon-sharaf ishiga aylangani, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun davlatimiz tomonidan qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Askar yigitlar qalbida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilishdan faxrlanish tuyg‘ulari ota-onalarga ham o‘zgacha g‘urur bag‘ishlamoqda.

Jizzax va Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarda yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning ota-onalari va yaqinlari o‘z farzandlarining harbiy hayoti, ularga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi, bayram bilan tabrikladi.

– O‘g‘lim Jahongir Namangan viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tamoqda, – deydi Zarbdor tumani Bo‘ston shaharchasida yashovchi Feruza Xolmo‘minova. – O‘g‘lim haqida komandirlardan maqtov eshitganimda boshim ko‘kka yetdi. Askar farzandlarimiz uchun yaratilgan sharoitlardan ko‘nglimiz xotirjam. Bunday qulayliklarni yaratib berayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

Askarlar ota-onalariga o‘zlarining harbiylik hayoti haqida so‘zlab berdi.

– Harbiy xizmatga Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan chaqirildim, – deydi oddiy askar Hojimuhammad Hamidjonov. – Harbiy qismda barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Xizmat davomida jismonan toblandim, hayotga munosabatim o‘zgardi, dunyoqarashim kengaydi. Kelgusida Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga o‘qishga kirib, harbiy uchuvchi bo‘lishni maqsad qilganman.

Uchrashuvda badiiy jamoalar va taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

 Toshqul Beknazarov, O‘zA
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (634)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing