Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Oylik arxiv: Fevral 2017

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining o’n to’qqizinchi sessiyasi bo’ldi

Sessiyada deputatlar 3 ta masalani ko’rib chiqdilar. Dastlab “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati  ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo’yicha komissiyasining Jizzax viloyati hududiy komissiyasini  tuzish” to’g’risidagi masala yuzasida   Kengashning qonuniylikni, huquq-tartibotni va fuqarolar xavfsizligni ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi raisi Bahrom Mamajonov so’zga chiqdi.

 

“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MJCHning Jizzax viloyat filiali barcha tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, kichik biznes vakillari hamda xususiy tadbirkorlarni ochiq tanlov savdolariga taklif etadi

Savdoga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 285-sonli qarori hamda Jizzax viloyat hokimligining 2017 yil 17 fevraldagi 03-78-sonli aloqa xatiga asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi yer uchastkalarining doimiy foydalanish huquqi quyilmoqda:

 

“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJ Jizzax viloyat filiali boshlang’ich bahosi oshib borish tartibida o’tkaziladigan ochiq auksion savdolariga taklif etadi!

I.Savdoga Davlat raqobat qo’mitasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasining 2017 yil 10 fevraldagi 17i/ch-sonli buyrug’iga hamda Zafarobod tumani hokimining 2017 yil 18 yanvardagi 41-sonli va G’allaorol tumani hokimining 2016 yil 21 dekabrdagi 2788-sonli qaroriga asosan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish bo’yicha quyidagi yer uchastkalari qo’yilmoqda:

 


Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining qarori

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining bo’shab qolgan

o’rinlariga o’tkazilgan deputat saylovi  natijasi to’g’risida.

 

Davlat grantlari ajratish uchun 2 – tanlov e’lon qilindi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi

Mamlakatda ro’y berayotgan demokratik islohotlarning aniq natijalari to’g’risida milliy va xorijiy auditoriyani xabardorligini oshirish, so’z erkinligini va axborot olishni, OAV yanada liberallashtirishni ta’minlashga ko’maklashish” mavzusida
Davlat grantlari ajratish uchun tanlov

E’LON QILADI

 

Davlat grantlari ajratish uchun 1 – tanlov e’lon qilindi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi

“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”da hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga NNTlarni faol ishtirokini ta’minlash” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun tanlov

E’LON QILADI

 

Axborot kommunikatsiya va yoshlar masalasi

Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o’z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o’zida mujassam etgan bo’lib, bu O’zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo’lsa, tamal toshi hisoblanadi.

 

Nodavlat notijorat tashkilotlarining yoshlar faolligini oshirishdagi roli ortib bormoqda

O’zbekiston bugungi kunda mustaqil davlat sifatida o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Uning bosh strategik maqsadi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish hisoblanadi. Ushbu belgilangan ctrategikvazifalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki ham yildan yilga kengayib bormoqda.

 

Yoshlarimizni axborot xurujlaridan asraylik!

XXI asrda axborot urushinig o’ziga xos jihati urush vositalari, uslublarining ko’paygani, takomillashganida ko’rinadi. Bugungi kunda bunday urush internetda, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali ham olib borilmoqda.Ayrim mutaxassislar tomonidan psixoterapiya metodlari yakka shaxsga qanday ta’sir etsa axborot urushining metodlari ommaviy ongga shunday ta’sir qilishini ta’kidlashadi.

 

Investitsiya majburiyatlari evaziga «nol» harid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari

Investitsiya majburiyatlari evaziga «nol» harid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari
RO’YXATI

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing