Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Kunlik arxiv: Payshanba Fevral 16th, 2017

Jizzaxda namunali militsiya tayanch punktlari inspektorlari taqdirlandi

Jizzaxda “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi g’oliblarini taqdirlashga bag’ishlangan marosim o’tkazildi. 

 

«Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli filmi targ’iboti davom etmoqda

Viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasiga asosan 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan barcha kasb-hunar kollejlarida o’quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar va davra suxbatlari o’tkazish hamda “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyishini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Diniy sekta – e’tiqod dushmani

Inson ongida  ikkita bunyodkor va vayronkor g’oyalar o’rtasida doimo kurash kechadi. Irodasi mustahkam, e’tiqodi but bo’lgan inson yod g’oyalarga uchib, to’g’ri yo’ldan adashmaydi.

 

O’zingdan chiqqan baloga-qayerga borasan da’voga

Insoniyat tarixining o’tgan davri davomida yaratgan jamiki kashfiyotlarini ikki toifaga ajratish mumkin. Yaxshi toifadagi narsalarga rivojlanish desak, salbiy toifadagi ixtirolarga tanazzul deb nom berish ayni muddaodir.

 

O‘zLiDeP: yoshlarga e’tibor, kelajakka e’tibor demakdir

O’zbekistonda yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalash, ularda xalq va vatan taqdiriga dahldorlik tuyg’usini, ayniqsa, internet madaniyatini va axborot xurujlariga qarshi immunitetini shakllantirish, yigit-qizlarda dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini oshirish eng oliy fazilatlardan sanaladi. Bu jarayonda O‘zLiDeP tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan qator islohotlar esa albatta, e’tiborga molik.

 

Jizzaxda avtobuslarga GPS o’rnatiladi

2017 yil 10 yanvarda davlatimiz rahbarining “Aholiga transport xizmati ko’rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi. Mazkur huquqiy hujjat mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, viloyatimizda jamoat transportlari sonini oshirish, yangi yo’nalishlar ochish hamda yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarning hal etilishi uchun xizmat qiladi. “Jizzax haqiqati” gazetasi muxbiri Alijon Abdusattorov mazkur qaror ijrosi bo’yicha viloyatimizda amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan ishlar hamda sohada kuzatilayotgan ayrim muammo va kamchiliklar xususida respublika “O’zavtodaryotrans” agentligining viloyat hududiy bo’limi rahbari Ilhom Boqiyev bilan suhbatlashdi.

 

Voyaga yetmaganlar tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi

Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning Kengaytirilgan  yig’ilishi bo’lib o’tdi.

 

Men yurtimni sevaman

Zomin… Har safar ushbu tumanda bo’lganimda maftunkor va betakror yurtimizning kichik aksini ko’rgandek bo’laman. Yashil archalarga burkangan osmono’par tog’lar, ulkan suv ombori, adog’i ko’rinmaydigan dashtlar, ko’rkamlik borasida diyorimizdagi hech bir shahardan qolishmaydigan tuman markazi ko’ngillarda cheksiz g’urur uyg’otadi. Shoir aytganidek, “Bizda bori qayda bor?”

 

Milliy armiyamiz – xalqimiz tinchligining kafolati

Turli zamonlarni kuzatar ekanmiz armiya, harbiylar davlatlarning ozodligi, xalqning erki, millatlar farovonligi uchun xizmat qilgan, zarur bo’lsa jonini fido qilgan. Tarixdan ham yaxshi ma’lumki, har bir mamlakatning tinch, osuda hayoti uning qudratli armiyasigа bog`liq bo’lgan. Shu sabab istiqlolning dastlabki yillaridanoq yurtimiz mustaqilligini munosib himoya qilishga qodir bo’lgan Qurolli Quchlarni barpo etishga katta e’tibor qaratildi.

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing