Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Diniy sekta – e’tiqod dushmani

Inson ongida  ikkita bunyodkor va vayronkor g’oyalar o’rtasida doimo kurash kechadi. Irodasi mustahkam, e’tiqodi but bo’lgan inson yod g’oyalarga uchib, to’g’ri yo’ldan adashmaydi.

Yigirmanchi asr axborot texnologiyalari asri. Bu davrga kelib, inson ongiga bo’lgan turli darajadagi xurujlar safi ikki barobar oshdi. Buzg’unchi g’oyalarni targ’ib qilishni maqsad qilgan, o’zining puch g’oyalariga sodda insonlarni ergashtiruvchi turli guruhlarning maqsadi yagona. U ham bo’lsa, inson ongini zaxarlash, bung’unchilik g’oyalarini tinch davlatlarda amalga oshirish.

Diniy aqidaparastlar o’z qabih maqsadlarini amalga oshirishda turli yo’llardan foydalanishadi. Shu o’rinda keyingi paytda ayrim hududlarda avj olib borayotgan diniy sektalar haqida to’xtalmoqchimiz.

Diniy sekta deganda e’tirof etilgan yirik diniy yo’nalishlarning rasmiy aqidalaridan farqli tarzda faoliyat olib boradigan diniy guruhlar tushuniladi. SHuningdek, ushbu tushuncha mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo’nalishga mansub bo’lgan ko’plab sektalar faoliyat ko’rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida deb baholaydilar.

Aytish joizki, zamonaviy voqelik diniy – ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo’lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko’rsatmoqda. Sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo’lganlar ichida ish olib borish yo’li bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos solgan “avliyo”lar o’z izdoshlarini aldash yo’li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar. Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo’layotgan voqealarning ko’pchilikka ma’lum bo’lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.

Ma’lumot o’rnida

Ugandadagi “Oxirat kuni” sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo’la oladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga “belgilagan” ushbu sekta rahbarlari o’z tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag’ni ularga berishga va shu yo’l bilan gunohlardan forig’ bo’lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga “ko’chirilishi” sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg’onishiga olib kelgan. Shundan so’ng rahbarlar Kanungu qishlog’ida 500 dan ortiq o’z tarafdorlarini aldab bir joyga to’plab, ustlaridan yopib binoga o’t qo’yib yuborishgan. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko’ra, tezkor tadbirlarni o’tkazgan politsiya yana to’rt joyda ommaviy qabrlarni topgan. Umuman bu sektaning qurbonlari 1000 dan ortiq bo’lgani qayd qilingan.

Aksariyat musulmonlar “sekta” deganda o’rta asrlarda yuzaga kelgan “Assasinlar” yoki “Aum Sinrike” kabi yangi paydo bo’lgan soxta diniy firqalarni tushunadilar. Bunday adashgan guruhlar asrlar davomida bo’lib kelgan. XX asrdagi kelib, ular soni, turlari chunonam ko’paydiki, bu hol  o’tmishga nasbatan xavotirli ko’rinish oldi. Sektalarning barchasiga xos bo’lgan xususiyat – e’tiqod va ibodat masalalarida dastlabki din yoki o’zlarini qarshi qo’yayotgan din bilan ixtilofda bo’lishdir. Aynan mana shu xususiyat uni sektaga aylantiradi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir sekta o’zini “yagona to’g’ri etuvchi yo’l” deb ta’riflaydi.

Sektaning dastlabki din bilan munosabatlari rivojlanishining bir necha yo’nalishini farqlash mumkin:

– sekta o’zini dastlabki dinning bir qismi, deb hisoblaydi. Bu dinning boshqa vakillari ham buni e’tirof etadilar;

– sekta o’zini dastlabki dinning bir qismi deb hisoblaydi. Biroq, bu dinning boshqa vakillari buni rad etadilar;

– sekta faqat kelib chiqishiga ko’ra dastlabki din bilan bog’lanadi, lekin alohida din hisoblanadi;

– sekta avvaldan boshqa dinlar bilan bog’liq bo’lmagan holda yoki turli dinlarning xos belgilari birlashishi natijasida paydo bo’lgan.

Shunga qaramasdan, har bir sektani e’tiqod va ibodat masalalaridagi bir qator muhim jihatlar ajratib turadi. Va aynan mana shu jihatlarga ko’ra, u asosiy dindan farq qiladi. Sekta a’zolarining yana bir asosiy xususiyati shundaki, ular xoh yashirin, xoh oshkora yoki xoh faol, xoh passiv yo’l bilan bo’lsin, iloji boricha ko’proq odamlarni e’tiqodiy masalada chalg’itish payida bo’ladilar.

Haq dinga ergashuvchilarning kam ahamiyatli ayrim masalalar yuzasidan bahs va munozaralardan unumli foydalanib qolish esa sektantlarning asosiy uslublaridan hisoblanadi. Natijada ahamiyatsizdek ko’ringan masalalar yuzasidan paydo bo’lgan kichkinagina shubha mo’’min kishining qalbida aqiydaviy masalalariga nisbatan ishonchsizlik paydo qilishi ehtimoldan holi emas.

Ziyod ibn Xudayr rivoyat qiladi: “Bir kuni Umar ibn Xattob mendan “Islomni nima buzishini bilasanmi?” deb so’radi. Men “Yo’q”, deb javob berdim. U: “Uni olimlarning xatolari, munofiqlarning Allohning kitobi haqidagi bahslari va imomlarning zalolatga boshlovchi fatvolari buzadi”, dedi. (Dorimiy rivoyati).

Sektalar jahon dinlarining asl asoslarini suistemol qiladilar va o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida firib, nayrang va g’irrom o’yinlarni amalga oshiradilar. Ular insonni Xudoga emas, balki psixologlar ta’rifi bilan aytganda kul’tlarga, aniqrog’i soxta ma’budlarga bog’lab qo’yishga urinadilar!

Sektantlik, ya’ni, guruh bo’lib ajralish Islom dinida keskin qoralangan. Muqaddas Islom dini insonlarga turli yo’llar bilan ko’plab zulm o’tkazish kabi jihatlarni aslo kechirmaydi.

Psixolog mutaxassislarning aytishlaricha, insonda uchta tabiiy ehtiyoj – g’arizalar bor. Sektalar ana shu g’arizalarni qondirishga chorlash orqali tuzoqlarini qo’yadilar. Bu g’arizalar quyidagilardan iborat: biron narsa bilan umumiylikda bo’lish,  tizimlilik, muntazamlik xususiyatiga ega bo’lish, atrofdagi insonlar o’rtasida alohida e’tiborga, ahamiyatga ega bo’lish

Sektalarga ko’pincha yakkalanib qolgan o’smirlar, baxtsiz oilalar, bolalari tomonidan qarovsiz qolgan qariyalar, kasbidan, ishxonasida hamkasabalaridan norozi xodimlar, beva qolgan onalarning kirib qolishlari oson bo’ladi. Chunki umumiylikda bo’lish, jamiyat bilan bog’langan bo’lish kabi qondirilmagan ehtiyojlar kishini yaltiroq shiorlar bilan qurollangan missionerlar qarmog’iga ilintiradi. Inson yakka holda, jamiyatdan alohida yashay olmaydi. U o’ziga yoqqan kishilar jamoasini izlaydi, insoniy xislatdan uddaburonlik bilan foydalanib, soddadil fuqarolarning yo’llariga tuzoq yasaydilar.

Amerikalik psixolog Suxdeo bu borada shunday deydi: “Zamonaviy jamiyatda ziddiyatlar shu qadar ko’p va ulardan birortasini tanlash shu qadar qiyinlashib ketganki, hatto insonlar o’zlaricha erkin qaror qabul qilishga ham ojiz bo’lib qolganlar. Ular o’zlari uchun birovlar qaror qabul qilishini, o’zlari oddiygina boshqalarning ko’rsatmalari bilan yashashni hohlab qoladilar”. Aynan sektalar esa bundan ustalik bilan foydalanadilar. Ular kishilarning hatti-harakatlarini qattiq qoidalar doirasiga solib qo’yadilar.

Er yuzidagi diniy sekta borki, u hamisha g’araz maqsadlarni amalga oshirish yo’lida hech qanday qaboxatdan tap tortmaydi. Bu achchiq haqiqatlarni bila turib, to’g’ri yo’lidan adashgan, yolg’on qurboniga aylangan insonlar afsuski kam emas. Shunday ekan, hamisha ogoh bo’lish, diniy sektalarga qarshi kurashish, bunga yoshlarni atrofdagilarni chaqirish har birimizning burchimizdir.

M.Yakubova

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (34)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing