Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

O’zingdan chiqqan baloga-qayerga borasan da’voga

Insoniyat tarixining o’tgan davri davomida yaratgan jamiki kashfiyotlarini ikki toifaga ajratish mumkin. Yaxshi toifadagi narsalarga rivojlanish desak, salbiy toifadagi ixtirolarga tanazzul deb nom berish ayni muddaodir.

C98972B8-D5EE-46A1-B0BF-D30589B65194_w987_r1_sRivojlanish yo’lidagi yaratilgan kashfiyotlar albatta bugungi kunga kelib o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ammo har bir narsani ikki tomoni bo’lganidek, salbiy toifaga kiruvchi ixtirolar ham rivojlanishni katta dushmani bo’lib kelmoqda.

Odamzod dastlabki davrlarda o’zini himoya qilish va yashash uchun kurash maqsadida yaratgan ijobiy ixtirosi bugungi kunda ayni uning eng katta dushmaniga aylandi. Albatta gap nima haqida ketayotganligini angladingiz.

Qurol-yarog’ inson tomonidan toshdan yasalib hozirgi davrda o’ta mukammal darajadagi texnologiyalar asosida asosiy himoya va hujum vositasiga aylandi. Solishtiradigan bo’lsak ibtidoiy jamoa davridagi to’qmoqlar nari borsa bitta hayvonni ovlashga yaragan bo’lsa, hozirgi davrda bitta bomba butun bir mamlakatni, u yerdagi jamiki tirik jonzot va tabiatni yo’q qilib yuborish qobiliyatiga ega.

Xo’sh, nega bugun insoniyat o’zining himoyasi uchun yaratgan kashfiyoti unga bu qadar katta muammo tug’dirmoqda.

Hech kimga sir emaski, gegemon davlatlar o’zlarining kuchlarini ko’rsatish va boshqa davlatlar hududini egallashda qurol-yarog’dan foydalanadilar va bundan mo’may daromad olish vositasi sifatida qaralmoqda.

Xususan,  The New York Times nashri Gazeta Kongress tadqiqot  xizmati hisobotining qisqartirilgan shaklida keltirishicha 2015 yilda AQSH xorijiy mamlakatlarga qurol-yarog’, jangovar texnikalar, o’q-dorilar sotish bo’yicha dunyo yetakchiligini saqlab qoldi.

U umumiy miqdorda 40 mlrd. dollarlik shartnomalar imzolagan, deb yozmoqda.  AQSHning bu bozordagi izdosh raqobatchisi Fransiyadir. Biroq bu mamlakat bir yil davomida 15 mlrd. dollarlik qurol sotishning uddasidan chiqqan. Aniqlik kiritilishicha, 2015 yilda eng ko’p qurol-yarog’ xarid qilgan mamlakat esa Qatar bo’lgan. Ushbu davlat 17 mlrd dollardan ko’proq miqdorda qurol harid qilgan. Misr shu maqsadda 12 mlrd dollarning bahridan o’tgan. Saudiya Arabistoni 8 mlrd dollarlik bitim imzolab, mijozlar ro’yxatida uchinchi o’rinda bo’lgan. Butun dunyodagi qurol-yarog’ savdosi hajmi 2014 yilgiga nisbatan 9 mlrd dollarga qisqargan va 89 mlrd dollardan 80 mlrd dollarga tushgan. Ammo Fransiya va AQSH bu boradagi savdo hajmini oshirishning uddasidan chiqqan hamda tegishli ravishda 9 va 4 mlrd dollar ko’paytira olgan. Bundan tashqari, ro’yxatning uchinchi o’rnida bo’lgan Rossiyaning 2015 yilgi qurollar savdosidan daromadi 2014 yil bilan qiyoslaganda bir oz tushgan va 11,2 mlrd dollar o’rniga 11,1 mlrd dollarni tashkil etgan.

Raqamlardan ko’rinib turibdiki ushbu rivojlangan davlatlarining katta miqdordagi daromadi qurol-yarog’dan kelib tushgan. Biroq shunday qurollar borki ular yuqorida aytib o’tganimizdek insoniyatning katta tanazzuli hisoblanadi. Ulardan eng xavflisi atom bombasi, yadroviy va kimyoviy qurollardir.

Atom bombasi — yadro zaryadi o’rnatilgan aviatsiya bombasi. Yadro ichki energiyasi kuchiga asoslanadi. Atom bombasi portlaganda katta miqdorda yadro energiyasi ajralib chiqadi. Birinchi marta ikkinchi jahon urushi ohirida sobiq Ittifoq va AQSHda tayyorlangan. 1945 yil iyunda amerikaliklar har qaysisining trotil ekvivalenti 20 ming tonnadan bo’lgan 2 ta atom bombasini Yaponiyaning Xirosima 1945 yil 6 avgust va Nagasaki shahriga 1945 yil 9 avgustda  tashlagan. Natijada bu shaharlar vayron bo’lgan va Xirosimada 140 ming kishi, Nagasakida 75 ming kishi halok bo’lgan. Keyinchalik bombalarning portlash oqibatlari yana bir necha yuz ming kishilarning yostig’ini quritgan, minglab odamlar nogiron bo’lib qolgan. Hozir trotil ekvivalenti million tonnagacha boradigan atom bombasi mavjud.

Yadroviy qurol— quvvat manbasi atom yadrolarining sintez qilinishi (yadroviy reaksiya)dan yoki bo’linishidan hosil bo’ladigan qo’poruvchi qurol. Tor ma’noda tushuntirilganda, og’ir yadrolarning bo’linishidan hosil bo’lgan quvvatni ishlatuvchi qo’poruvchi qurol. yengil yadrolarning sintez qilinishidan hosil bo’lgan quvvatni ishlatuvchi moslamalar termoyadrolar, deb ataladi. Yadroviy qurol ham yadroviy o’q-dori sifatida, ham ularni manzilga yetkazuvchi boshqaruv moslamasi hisoblanadi. Biologik hamda kimyoviy qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirg’in qurollariga kiradi.

Zaryad xilidan qat’iy nazar yadroviy qurol, termoyadroviy qurol va neytron qurolni ajratish mumkin. Yadroviy qurol taktik, operativ-taktik va strategik kabi xillarga bo’linadi.

Kimyoviy qurol — bu raketalar, minalar, aviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirg’in qurollariga kiradi. Shuningdek, yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bog’lashadi.

Kimyoviy qurollar — ommaviy qirg’in qurollari turlaridan biri. Shikastlash ta’siri kimyoviy zaharlovchi moddalarning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qo’llash vositalari —raketalarning zaharlovchi moddalar to’ldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar,  granatalar va boshqalar.

Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagich va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin. SHikastlovchi ta’siri qancha vaqt saqlanishiga qarab, kimyoviy qurollar turg’un (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va bir necha minut saqlanadigan turlarga bo’linadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari qo’shinga qarshi ishlatish uchun mo’ljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tug’diradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi.

Hozirda jahon bo’yicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirg’in qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan ta’qiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993 yildagi xalqaro kelishuvga ko’ra qat’iy to’xtatilgan. Biroq shunga qaramay, so’nggi vaqtlarda ta’qiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qo’llanilayotganligi haqidagi xabarlar g’arb OAVlari boshchiligida, tobora ko’p tarqatilmoqda. Xususan, 2011 yilda boshlangan “Arab bahori” inqilobiy to’lqini ta’sirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat e’tiborida bo’ldi. Hukumat kuchlari va qurollangan jangarilar o’rtasida muttasil davom etayotgan harbiy to’qnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qo’llagani noma’lum bo’lsada, janglarda kimyoviy qurol— Zarin gazidan foydalanilgan.

Albatta maqolada keltirilgan bu qirg’in keltiruvchi qurollarni tasnifi xususida so’z yuritishni emas, balki qurol-yarog’larni naqadar jamiyat va insoniyat uchun eng katta dushmanligini ko’rsatib berishga harakat qildik. Zero, “O’zingdan chiqqan baloga-qayerga borasan davoga” naqli ayni shu qurol-yarog’ yaratgan va yaratayotganlarga tegishlidir.

Akmal Binokulov

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (32)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing