Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

O‘zLiDeP: yoshlarga e’tibor, kelajakka e’tibor demakdir

O’zbekistonda yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalash, ularda xalq va vatan taqdiriga dahldorlik tuyg’usini, ayniqsa, internet madaniyatini va axborot xurujlariga qarshi immunitetini shakllantirish, yigit-qizlarda dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini oshirish eng oliy fazilatlardan sanaladi. Bu jarayonda O‘zLiDeP tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan qator islohotlar esa albatta, e’tiborga molik.

2014-04-29-internetwallpaperhd1-thumbChunonchi, bugun partiyaning yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida “Yoshlarning axborot xurujiga qarshi immunitetini shakllantirishning muhim omillari”, “Yoshlarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish”, “Yoshlarda internet odobini shakllantirishning asoslari” kabi turli mavzularda qator tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi partiyaning Zarbdor tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi tomonidan Qishloq va suv xo’jaligi kasb-hunar kollejida “Yoshlarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish” mavzuida tashkil etildi.

– Mazkur tadbir yoshlarda ma’naviy immunitetni mustahkamlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo’ldi, – deydi Zarbdor qishloq va suv xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’quvchisi Gulshanoy Ergasheva. – Negaki, bugun jahon tarmog’ida yaratilayotgan imkoniyatlarni inkor etolmaymiz. Biroq, kuchli mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lgan ushbu mo’’jiza jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarayotgani hech kimga sir emas. SHu sababdan axborot telekommunikatsiya sohasida yutuqlarga erishayotgan yoshlarni rag’batlantirish, ularda internet madaniyatini shakllantirish, ogohlikka chorlash maqsadida “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar ko’lami yanada kengaymoqda. Asosiysi, mazkur jarayonlarda yoshlarni har tomonlama himoya qilish va ularni turli zararli g’oyalardan asrab-avaylash, bugun har birimizning asosiy burchimizga aylanmoqda.

Ta’kidlanganidek, bugun dunyodagi mafkuraviy tortishuvlar, informatsion xurujlar o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga yangi talablarni qo’ymoqda. CHunonchi, axborot asrida yoshlar dunyoqarashini sog’lom asosda shakllantirish va mustahkamlash, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirib, bizga yot qarashlar va tushunchalarga nisbatan munosabatlarini shakllantirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

– Aytish joizki, qisqa muddat ichida mazkur loyiha respublikamizning barcha hududlarida ommalashib, o’z atrofiga ko’plab yoshlarni birlashtirdi, – deydi O‘zLiDeP Zarbdor tuman Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Xurshid Azimov. – E’tiborli jihati shundaki, bugun yoshlarimiz katta qiziqish bilan mazkur mavzudagi davra suhbatlari, forumlar, seminar-treninglar tashkil etish borasida tashabbus bilan chiqmoqda. Ayniqsa, bu borada partiya “Yoshlar qanoti” guruhi faollari uyushqoqlik bilan ish faoliyatini olib bormoqda. Zotan, bugun yoshlarda axborot xurujlariga qarshi immunitetini oshirish, ularda yuksak insoniy fazilatlar, axborot olish va uzatish madaniyatini shakllantirishni bugungi kuning o’zi talab etmoqda.

Tadbir davomida partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan internetning salbiy jihatlari va oqibatlari, globallashuv jarayonlari va mafkuraviy xurujlar: diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlikning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqidagi slayd hamda “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli fil’m namoyish etildi.

Olim Norjigitov, O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo’limi mudiri

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (31)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing