Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Kunlik arxiv: Dushanba Mart 13th, 2017

Jizzaxda “Innovatsion ishlanmalar ko’rgazmasi” tashkil etildi

Yurtimiz taraqqiyotini mustahkamlash, istiqbolini belgilashda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini ta’minlash bugunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish jarayonida asosiy vazifamiz amaliy, innovatsion, ilmiy texnik loyihalar hamda ishlanmalar import o’rnini bosadigan va eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar yaratishga hamda yangi materiallar, mashinalar, preparatlar va boshqa ilg’or ilmiy mahsulotlar yaratish imkonini beradigan texnologiyalarga qaratilgan bo’lishi lozim.

 

Ong ostiga ta’sir yoxud internet hurujlari

Yaqinda bir ijodkorning “Axborot to’qligi zamonida yashayapmiz”, degan fikrini o’qib qoldim. Topib aytilgan gap. Ammo masala to’qlik yoki ochlikda emas. Qanday axborotga, kimning axborotiga to’yinayotganimizda yoki ….

 

Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili

Davlatimiz tomonidan mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini qaror toptirish, bu qatlam vakillarining tavakkalchilikka asoslangan faoliyatini qo’llab-quvvatlash, sohaga bo’lgan eng yuqori darajadagi e’tibor, imtiyoz va preferensiyalarni yanada kengaytirish, xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar tufayli xususiy sektorning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rni va roli muntazam o’sib bormoqda.

 

Ogohlik – davr talabi

Agar e’tibor bersak, keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan ma’lumotlarning aksariyat qismini dunyoning u yohud bu yerida amalga oshirilgan terroristik harakatlar, u keltirgan kulfatlar to’g’risidagi xabarlar tashkil qilmoqda. «Terror», «terrorist», «Shahid», «diniy-ekstremist» singari sovuq so’zlar afsuski, kundalik muloqotimizni tobora ko’proq egallayapti. Bu holatning o’ziyoq mazkur illatning naqadar keng ko’lam kasb etib borayotganidan, dunyoda vujudga kelgan bugungi ahvol naqadar tashvishli tus olayotganidan dalolat beradi. Xolbuki, yuksak texnologiyalar asri deb atalmish XXI asrda insoniyatning bu kabi jaholat ko’rinishlari bilan bot-bot to’qnashayotgan aql bovar qilmaydigan xolatdek ko’rinadi.

 

Korrupsiya va jamiyat

Poraxo’rlik fuqaro va davlat vakili o’rtasidagi ma’muriy munosabatlar mohiyatini o’zgartirib yuboradi. Bu illat davlat organlari xodimlarining moddiy yoki mulkiy yo’sinda g’ayriqonuniy yo’l bilan shaxsiy naf ko’rish maqsadida o’z xizmat mavqeidan foydalanishi tarzida namoyon bo’ladi. Korrupsiya hokimiyatning obro’sizlanishi, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga olib keladi. Bu o’z navbatida amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikni keltirib chiqaradi va davlatning inqiroziga sabab bo’ladi.

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing