Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Payshanba—profilaktika kuni: Asosiy maqsad—jinoyatlarning oldini olish

Erta tongdanoq yig’in raisi tuman ichki ishlar bo’limiga qo’ng’iroq qildi. Go’shakni ko’targan navbatchi birozdan so’ng ichki ishlar bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Islom Xotamov boshchiligidagi guruh “Uzun” qishloq fuqarolar yig’iniga yo’l olganini xabar qildi. Rais darhol ularni kutib olishga otlandi.

   Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari, mayor Islom Xotamov, profilaktika inspektori, kapitan Rafiq Buxarov, tuman IIB tergovchisi, leytenant Bobomurod Erkinovlar Bahriddin Usmonov hamrohligida ko’chama-ko’cha yurib, xonadonlarga kirishdi, odamlarning o’y-tashvishlari, muammolari bilan qiziqishdi.

— “Bir bolaga yetti qo’ni-qo’shni ota-ona”, deydi dono xalqimiz, —deya murojaat qildi mayor Islom Xotamov Abdumo’minov ko’chasida yashovchilarga. Farzandlaringiz nima uchun maktabga yoki kollejga bormaganini surishtirishni, farzandlar voyaga yetguncha siz ota-onalar ularga mas’ulsiz. Yoshlarning biror muammosi bo’lsa ham hech kim bilmaydi. Na ota-ona, na o’qituvchi biladi bu muammolarni. Axir  ota-ona farzandning eng yaqin do’sti, uni oldingizga chaqirib, qani bolam o’qishlaring qanday, qanday muammolaring bor? deyish sizlarning vazifangiz emasmi?… Mahallangizda begona odamlar yurganini ko’rsangiz “Xush kelibsiz, mehmon! Qani kimnikiga keldingiz, nima maqsadda keldingiz”, deb surishtirishning hech aybi yo’q. Loqaydlik, e’tiborsizlik ko’plab jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Buni unutmaylik.

   Mazkur uchrashuvda odamlar ko’plab muammolarni bartaraf etishni so’rab murojaat qilishdi.Ularning asosiy muammolari ishga kirolmaslik, bankdan kredit olish, hududga yaqin joydan kutubxona qurish. Shu kabi ko’plab masalalarning salkam 50 foizi joyida hal etildi. Kutubxona qurish masalasida tuman arxitektura bo’limiga rasmiy xat bilan murojaat qilinadigan bo’ldi.

    Qishloq fuqarolar yig’ini hududidagi mahallalarda oilasi notinch fuqarolar bilan doimiy ish olib borilmoqda. Bir-biri bilan janjallashib qolganlar esa mahalla ahli oldida muhokama qilinayapti. Axir mahalla-ko’yning oldida bo’yin egib turish har qanday kishi uchun or-nomus sanaladi. —Bunday tadbirlar odamlarning kayfiyatini ko’tarayapti,—deydi Bahriddin aka biz bilan suhbatda. —Chunki, oilalardagi janjallar kamayib, ajrimlar ham bo’lmay qoldi. Hozir esa profilaktika kunida hatto tuman hokimi kelib, fuqarolarning muammolarini hal etib berayapti. Tuman hokimi Alisher Isroilov ishtirokida 17-sonli maktabda o’tkazilgan yig’ilishda aholi tomonidan ko’plab muammolar o’rtaga tashlandi. Tumanimiz rahbarining ko’rsatmasiga binoan hududimizdagi “O’zbekiston”, Yangiobod va Zarmitan ko’chalari asfal’tlandi, gaz, elektr ta’minoti yaxshilandi.

— Joriy yilning shu davrigacha hududimizda birorta ham jinoyat sodir etilmadi. — deydi profilaktika inspektori Rafiæ Buxarov. — Kecha ertalab bir fuqaroning 5 bosh qo’yi yo’qolib qolganini eshitdik. Darhol tergov harakatlari boshlab yuborildi. Bu o’g’rilik bo’lishi mumkin. Xo’sh, buning sabablari nimada?  Biz mahalla raisi, posboni bilan tungi soat 24.00 da ko’chalarda tekshirish o’tkazdik. Har bir ko’chada o’nlab xonadonlarning darvozalari lang ochiq. Ayrim xonadon egalari mast uyquda yotganligi ma’lum bo’ldi. Biz ular bilan uchrashib, ogohlantirdik. “O’z uyingni o’zing asra”, deb bejizga aytishmaydi. Bundan tashqari, tungi paytlari ba’zi yoshlarning daydib yurishiga barham berdik. Bu ishga ko’cha oqsoqollari va ota-onalarni jalb etdik.

Yig’in hududidagi mahallalar ahli ko’chalarni yanada obod qilishga kirishishgan. Kimdir o’z uyi atrofini gulu gulzorga aylantirayotgan bo’lsa, boshqasi manzarali va mevali daraxt ko’chatlari ekish bilan mashg’ul. Bir guruh yoshlar esa ariqlarni tozalash bilan band. Yig’in raisi esa ularning boshini bir joyga qovushtirib, ezgu ishlarga undash uchun tinmay yelib-yugurmoqda. Chunki, barcha ekin-tikin ishlarini o’z muddatida bo’lgani yaxshi.  Odamlar obodlik, fayzu baraka — bir-biri bilan ahil-inoqlikda, tinch va farovon  yashashda ekanligini anglab yetayaptilar.

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (42)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing