Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Yurtimizda Navro’z shukuhi

Xalqimiz bag’rikenglik, o’zaro totuvlik, ahil inoqlikni yuksak qadrlaydi. Bu hislatlar, ayniqsa, istiqlol yillarida yanada e’zoz topdi. Mustaqillik tufayli ko’p millatli diyorimizda tinchlik va osoyishtalikning muhim omili sifatida milliy bayramlarimiz nishonlanib kelinmoqda. Navro’z millatimizning o’zligini, urf-odatlarimizning betakrorligini ko’z-ko’z qiluvchi, yurakka yaqin, tilakka hamohang ayyomdir. Bayram munosabati bilan hududlarni obodonlashtirish ishlari, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar, nogironlarga xayriya yordamlari ko’rsatishdek savobli tadbirlar ado etilmoqda. Bir so’z bilan aytganda, Navro’z nafaqat yasharish, yangilanish fasli, shu bilan birga ona Vatanga naf keltirish, elga xizmat qilishdek ulug’ maqsadlarni amalga oshirish fursati hamdir. Tabiatdan bahra olib, sumalak va halim, go’ja va ko’ksomsa kabi bahoriy ne’matlar tortilgan dasturxonlar atrofida yig’ilish hamda yashil maydonlardagi sayil-tomoshalarda qatnashish, bir-biriga ochiq chehra bilan qarash bu milliy bayramimizning ko’rkidir. Ayniqsa, beshtosh, lanka, arqon tortish, oq terakmi, ko’k terak, arg’amchida sakrash kabi o’yinlarning tarixi ham necha ming yilliklarga borib taqaladi. Bu o’yinlar, ayniqsa, yurtimizning har bir hududida ko’tarinki kayfiyatda, qizg’in ruhda nishonlanadigan umumxalq bayrami bo’lgan Navro’z tantanalariga o’zgacha fayz kiritadi.IMG_9650

Sharqona yangi yil xisoblanmish Navro’z ayyomini Jizzax viloyati aholisi o’zgacha ruhda qarshi olmoqda. Sana munosabati bilan viloyatning barcha hududlarida, shaharu-qishloqlarida qolaversa, davlat va jamoat tashkilotlarida bayram shodiyonalari nishonlanayapti. Ayni shu ma’noda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Zomin tuman Kengashi va bir qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tumandagi 35-umumta’lim maktabida «Har kunimiz bo’lsin Navro’z!» shiori ostida tashkil etilgan Madaniy tadbir yig’ilganlarga o’zgacha xush kayfiyat bag’ishladi. Tadbirni dastlab maktab direktori Mavjuda Eshqulova ochib berdi. –“Bahoriy kayfiyat ufurib turgan, o’tayotgan har kun, har soatda tumanimizning barcha hududlarida ko’hna va boqiy qadriyat, umumxalq bayrami Navro’z shodiyonalariga tayyorgarlik ishlari qizg’in tus olgan. Bularning barchasi necha ming yillik tarixga ega bo’lgan milliy an’analarimizning ajdodlardan avlodlarga o’tib, davom etib kelayotganini ko’rsatadi. Tinchligi boqiy, ozod va obod, o’zining buyuk kelajagi sari dadil odimlayotgan yurtimizga mana shunday bayramlar yarashadi, – deya ta’kidladi M.Eshqulova.

Tadbirda e’tirof etilganidek, ayni shu betakror faslda yurtdoshlarimiz milliy qadriyatlar, ya’ni bir-biriga mehr-oqibat ko’rsatish, bemorlar, ko’ngli yarim insonlarga beminnat yordam berish, tabarruk keksalarimiz duosini olish kabi ezgu fazilatlarni yaqqol namoyon etib, o’z quvonch va shodligini yaqinlari, do’stu yorlari, qo’ni-qo’shnilari bilan baham ko’rishga intiladi.

 – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 fevralida qabul qilingan «2017 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq asriy bayramni xalq sayillari tarzida, yuqori darajada nishonlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday chuqur mazmun va ma’noga ega bo’lgani tufayli, xosiyat va fayz, qut-baraka va muruvvat kabi xususiyatlarni o’zida mujassam etishi bilan kun va tun teng keladigan sharqona Yangi yilimizni – bu go’zal bahor ayyomini barchamiz orziqib kutamiz, e’zozlaymiz, xursandchilik bilan umummilliy bayram sifatida o’tkazamiz, –deydi bayram tadbirida so’z olgan O’zMTDP Zomin tuman Kengashi raisi O’rozali Berdibekov.

Shundan so’ng maktab o’quvchilari va mahalliy folklor jamoalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi va musiqiy chiqishlarga o’rin berildi. Ularda o’zbek xalqiga xos bo’lgan mehr-oqibat, shukronalikni aks ettirgan, ota-bobolarimizdan meros boy madaniyatimiz, betakror san’atimizni, yangilanish va yasharish ayyomi bo’lmish Navro’zni madh etuvchi she’rlar va kuy qo’shiqlardan namunalar aytildi. Bu esa yig’ilganlarga olam-olam quvonch bag’ishladi, barchani birdek to’lqinlantirib, qalb qo’rida bayramona baxtiyorlik tuyg’ularini uyg’otdi. Zero, so’z mulkining sultoni mir Alisher Navoiy bobomiz ta’kidlaganlaridek, “Har tuning qadr o’lubon, Har kuning o’lsun Navro’z!”

Ulug’bek Mustafoyev, O’zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Matbuot kotibi

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (53)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing