Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Jonim san jahonim san Vatanim

Xalqimizda “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”degan naqli bor. Darxaqiqat inson tug’ilgan joyi, kindik qoni to’kilgan yerida, o’z uyida o’zini erkin, baxtli his qiladi. Ayniqsa osmoni musaffo, vatani tinch, ko’chalari ravon bo’lsa. Bunday shart-sharoitlarning qadriga yetish esa shu vatanda istiqomat qilayotgan har qanday insonning burchidir.

 Hozirda O’zbekistonda har qanday sohada imkoniyatlarga yo’l ochib berilmoqda. Jumladan, ta’lim sohasida yoshlar uchun ta’lim yo’nalishlari, ijodkorlar uchun tanlovlar bu e’tibor Vatanimizning mustaqil farzandlari uchun yaratib berilayotgan oliy bir ne’matdir.

 Bugun biz tarixiy bir davrda halqimizning o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechirayotgan avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, halqimizning asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz bu yo’lda erishayotgan yutiqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgan.

Bunday imkoniyatlarning barchasi aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. Kelajagimizning mustahkam poydevoriga aylanib borayotgan ta’lim sohasidagi buyuk dasturlarimizni o’z vaqtida, uzoqni ko’zlab ishlab chiqqanmiz va amalga oshirganimiz naqadar to’g’ri bo’lganini bugun mamlakatimiz erishgan yuksak marra va natijalar yaqqol namoyon etmoqda.

Mamlakatimizning mustaqillik yillaridan keyingi davr ichida erishgan yutuqlari bugungi kunda jahon hamjamiyatining munosib va teng huquqli a’zosi sifatida mustahkam o’rin egallashimizga keng yo’l ochib berdi. Istiqlolning birinchi kunlaridanoq mamlakatimiz taraqqiyotida muhim rol o’ynaydigan ustuvor masalalar qatorida yoshlar tarbiyasiga, xususan har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga ham katta ahamiyat qaratildi. Bugungi kungacha bo’lgan davr mobaynida bu kabi masalalar bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda ularning natijalaridan ko’zlarimiz quvonib turibdi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida “Vatanimizning kelajagi xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib qanday inson bo’lib hayotga kirib borishga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak” deb alohida ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat bugungi kunda yoshlarning hayotga dadil kirib borishlari yetarlicha ta’lim-tarbiya olishlari, barkamol  inson bo’lib yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan zamonaviy shinam maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining yoshlar ixtiyoriga berib qo’yilganligi yurtimiz yoshlariga ko’rsatilayotgan e’tiborning amaldagi ifodasidir. O’zbekiston aholisining 60% ni asosan yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning to’g’ri ta’lim olishi barkamol inson bo’lib voyaga yetishi uchun mamlakatimizda 1991-yil 20-noyabr’ kuni yoshlarga oid siyosiy qonun ishlab chiqildi.

Bugungi kunda jamiyatimizning taraqqiyotida muhim rol o’ynayotgan ta’lim-tarbiya uzviy bog’langan jarayon sifatida yoshlarni yaxshi xulq egasi ta’limni yaxshi o’zlashtirishi, bilimli va aqlli bo’lib kamol topishi hamda davlatimiz uchun yetuk, malakali kadr bo’lib yetishishida muhim rol o’ynamoqda. Inson ta’limgacha bo’lgan bosqichda qisman tarbiyani o’zlashtiradi. Keyinchalik ham davom etadigan tarbiya qanchalik yaxshi yoki yomonligi ta’lim olishi jarayonida namoyon bo’ladi va unga o’z ta’sirini ham o’tkazadi.

Bu haqda A.Navoiy shunday deydi: “Tarbiya qiluvchilar tabib kabidir, tabib xastani badaniga kasalga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl markaziga “Yaxshi xulq” degan davoni ichidan “Poklik” degan davoni ustidan borib katta qilmoq zarur”. Zeroki xulqni, axloqni, ilmni yaxshi bo’lishining asosiy panjasi tarbiyadir.

A.Xusanov xarbiy xizmatchi

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (24)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing