Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Mamlakatimiz rivojlanishining yangi bosqichi

Bugun yurtimizda demokratik islohotlar yanada chuqurlashtirilmoqda. Joriy 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan barcha darajadagi davlat va nodavlat tashkilotlar joylarda aholi bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda. Eng muhimi, davlat va jamiyat hayotini isloh etishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari ko’pchilik bilan, ya’ni jamoatchilik bilan muhokama etilmoqda. 

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshirilishi belgilandi. Harakatlar strategiyasida birinchi bo’limi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridagi vazifalarga bag’ishlangan. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis,siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish bandida ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish vazifasi belgilangan. Parlament faoliyatining asosiy yo’nalishi qonun ijodkorligi hisoblansa, uning yana bir muhim vazifasi parlament nazoratini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Xalqimizning o’z vakillari – deputatlar oldiga qo’yayotgan talablari ham ortib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali  marosimdagi ma’ruzasida …har bir hududdagi vaziyatni, avvalo, farmon va qarorlari ijrosini bajarilshini doimiy ravishda o’rganib, bu borada davlat organlari mas’uliyatini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadigan  tizimni shakllantirishimiz  kerak deya ta’kidlab o’tgan edilar. Davlatimiz rahbari tomonidan xalq vakillariga quyidagi asosiy vazifalarni belgilab berdi.

Birinchidan, shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o’rganish;

Ikkinchidan,tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish;

Uchinchidan, hududdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va ichki ishlar bo’limining faoliyatini o’rganib, tahlil qilishi va tegishli xulosa berishi;

To’rtinchidan, profilaktika sohasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini  Senatda eshitish amaliyotini joriy etish;

Beshinchidan, mahalliy hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylash masalasi.

Yuqoridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda xaqiqiy ma’nodagi xalq nazorati vujudga keladi. Birgina viloyatimizda ham joriy yilning fevral oyi davomida Oliy Majlis palatalaridagi deputatlar va senatorlarning G’allaorol tumanida xalq bilan uchrashuvlar o’tkazgani bunga misol bo’la oladi. Uchrashuvlarda 550 dan ortiq ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo’lgan masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Ko’plab muaamolar joyida hal etildi. Bu safargi o’tkazilgan uchrashuvlarning o’ziga hosligi shundaki, uchrashuvlar aholi vakillarining honadonlariga borgan holda o’tkazilishiga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakuni bo’yicha Xalq deputatlari G’allaorol tuman kengashi sessiyasi o’tkazilib, unda G’allaorol tumanida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy ruxda ko’rib chiqildi va ko’plab muammolar o’z yechimini topdi. Ushbu shakldagi amaliy ishlar xalq bilan muloqotning samarali olib borilishiga hizmat qiladi.

Harakatlar strategiyasining birinchi yo’nalish 3 bandida xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish bandlari ham kiritilgan. Bu borada O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlarto’g’risida”gi farmoni muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Aynan ushbu farmon asosida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlarini hal etish va joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tahlil etish, eng asosiysi inson manfaatlarini ta’minlashning samarali mexanizmiga aylanib bormoqda.

Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan vazifalar “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasining real xayotdagi ifodasi bo’lib xizmat qilmoqda. Birgina Jizzax viloyatida amalga oshirilgan ishlarga to’xtaladigan bo’lsak viloyatimizda 2017 yilning 1 mart holatiga ko’ra 543 ta nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Aynan yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyatimizning to’laqonli a’zolari etib tarbiyalashga ko’maklashadigan 20 ta «Kamolot» YOIH, «Yetakchi», «Sog’lom avlod», «Bolalar va ularning oilalarini qo’llab-quvvatlash Assotsiatsiyasi» nomli yoshlar tashkilotlari va 87 ta turli klublar va yoshlar federatsiyalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyat yuritmoqda.

Mamlakatimizdagi NNTlar faolligi oshishida Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha parlament komissiyasi muhim o’rin tutadi. Jizzax viloyatida 2009-2016 yillarda fondning 1 millard 535 mln 600 ming so’mlik mablag’lari  100 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirildi.  2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bosh yo’nalish qilib belgilandi. Shu maqsadda 2017 yilda Respublika byudjetidan 12 milliard so’m miqdorida mablag’ ajratiladi. Bu ishlarni amalga oshirilishi o’z navbatida mamlakatimizni rivojlanishining yangi bosqichiga olib chiqishga va xalqimizga munosib turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. 

S.Baxritdinov,  S.Sattorov, FJSHMQMI viloyat hududiy  bo’linmasi mutaxassislari

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (94)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing