Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Ijtimoiy sheriklik namunasi: Sizni “Dolzarb aloqa tarmog’i” eshitadi!

O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan  2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan markazimiz hamkori – Toshkent shahar «Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazining  (0371) 143-94-44 raqamli barcha viloyatlar uchun yagona dolzarb aloqa tarmog’ida uzluksiz ish faoliyat ko’rsatilishi yo’lga qo’yilgan. Fuqarolarning odam savdosi bilan bog’liq va boshqa huquqiy masalalar bo’yicha murojaatlari dolzarb aloqa tarmog’i orqali qabul qilinib, ularga tegishli amaliy yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.   

information_items_76705Tarmoq faoliyati «O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida «Dolzarb aloqa” tarmog’ini qo’llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu loyiha AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi «Giyohvand moddalar va huquqni tadbiq etish bo’yicha nazorat bo’limi” tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanmoqda.

Mazkur loyiha faoliyati aholini odam savdosi muammosidan xabardorligini oshirish, aholini noqonuniy mehnat migratsiyasiga jalb etilishini oldini olish, odam savdosi jabrlanuvchilarini aniqlash, vatanga qaytishda ko’maklashishga qaratilgan. Ushbu tarmoqqa murojaat qiluvchilarga esa bepul va ma’lumotlar mahfiyligi saqlangan holda maslahat berilib, odam savdosi bilan bog’liq holatlarda tezkor ko’mak ko’rsatish ishlari yo’lga qo’yilgan.

«Dolzarb aloqa” tarmog’ini aholi orasida ma’lum qilish va ma’lumot berish maqsadida viloyat IIB bilan tuzilgan hamkorlik rejasida belgilangan vazifalarga tayangan holda keng qamrovli targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.

Tadbir ishtirokchilari odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha amaldagi qonunchilik, odam savdosi muammosining kelib chiqish sabablari, chet davlatlarga noqonuniy chiqish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar to’g’risida ma’lumot berildi. Odam savdosi bilan bog’liq jinoyatdan jabrlanuvchilarni vatanga qaytarish va kelgusida jamiyatda qayta tiklanish va moslashishlariga ko’maklashishga qaratilgan loyihalar bilan tanishtirib kelinmoqda.

Mazkur murojaatlarning aksariyati odam savdosidan jabrlanganlar, xorijiy davlatlarda majburiy mexnat ekspluatatsiyasiga jalb etilib, fuqarolik pasportlarini oldirib qo’yganligi sababli, vatanlariga  qaytib kelolmayotgan fuqarolar tomonidan kelib tushmoqda. O’z navbatida, Toshkent shaxar «Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazga kelib tushgan  murojaatlarning ayrimlari xududiylik jixatdan ijro etishlik uchun Jizzax viloyati «Istiqlol avlodi”  nodavlat, notijorat tashkilotimizga yuborilmoqda. Ijro uchun yuborilgan murojaatlar qisqa muddatlarda o’rganib chiqilib, odam savdosidan jabrlangan fuqarolarga ijtimoiy va xuquqiy yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.

Ulardan ayrimlarini ismi shariflarini o’zgartirilgan xolda e’tiboringizga havola etamiz. 

(0371) 143-94-44 raqamli barcha viloyatlar uchun yagona dolzarb aloqa tarmog’iga tushgan murojaat 

 – Allo dolzarb aloqa tarmog’imi?

–  «Dolzarb aloqa tarmog’i”, eshitaman.

 –  Ismim Lobar, Jizzax viloyatida yashayman. Turmush o’rtog’im Dilshod aka qishlog’imizdagi  3 nafar o’rtog’i bilan  Qozog’istonga ishlash uchun ketgan. Ularni «SHokir” ismli bir tanishlari yuqori maoshli ish taklif qilib, o’zi bilan  birga olib ketgan edi, shu ish bo’yicha qo’ng’iroq qilayotgan edim.

–    Eshitaman,  nima bo’lgan edi?

– Turmush o’rtog’im hozir Qozog’iston Respublikasining Olma-ota viloyatidagi g’isht zavodida «El’dar” ismli millati qozoq bo’lgan brigadirning sexida ishlayapti. Erimning tanishi «Shokir” erim va uning o’rtoqlarini shu sex brigadiriga topshirib,  o’zi  qayoqqadir g’oyib bo’libdi. Brigadir «El’dar” ularning fuqarolik pasportlari va migratsiya kartalarini olib qo’yibdi.

Hozirda o’sha g’isht zavodida  azob-uqubatlar bilan  ishlashayotgan ekan. 3 oydan buyon ishlab kelayotgan bo’lsalarda, oylik maoshlarini shu paytgacha umuman olishmabdi.  Har kuni kechqurun yotoqxonada dam olayotganlarida eshikni ustlaridan qulflab qo’yishar ekan.  Bularni birinchi bor, qo’shni qishloqda yashovchi ulardan ilgariroq  Qozog’istonga ishlash uchun jo’nab ketgan «Nurali” degan yigitdan eshitdim. U  erim bilan bir zavodda ishlagan ekan.  Qiyinchiliklarga chiday olmay, qochib kelibdi. Bu gaplarni eshitib, erimga bir necha bor qo’ng’iroq qildim, lekin u bilan bog’lana olmadim. Nihoyat  o’zi «SMS” orqali  aloqaga chiqdi. Eshitgan gaplarimni rostligini so’raganimda, barchasini tasdiqladi. Bu haqida erim bilan birga ketgan o’rtoqlarining ham oilalariga xabar berdim. Kecha erim o’rtoqlari bilan bir yo’lini qilib, u yerdan qochib ketmoqchiliklarini, lekin eplay olishmasa  juda yomon bo’lishini «SMS” orqali yozib yubordi.

Endi nima qilishimizni bila olmayapmiz. Iltimos, qanday bo’lmasin, erimni qaytib kelishida yordam ko’rsating…

–  Bizning telefon raqamimizni qayerdan oldingiz?

–    Radiodan eshitib qoldim.

–  Yaxshi, murojaatingizni qabul qildik. Sizga hozir biz faoliyat ko’rsatayotgan idoramizning manzilini beraman, yoki ortiqcha sarf-harajat qilmaslik maqsadida Jizzax viloyatidagi hamkor tashkilotimiz huquqshunosi hamda dolzarb aloqa telefon nomerini taqdim etamiz. Ular yoki xohlasangiz biz ham sizga albatta yordam beramiz.

Murojaat etganlarga amaliy yordam berildi, Jizzax viloyat » Istiqlol Avlodi” NNTsi tomonidan arizachining barcha hujjatlari rasmiylashtirilib, Toshkent shahar «Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazga jo’natildi va vatandoshlarimizga O’zbekiston elchixonasi va xalqaro tashkilotlar yordamida vatanga qaytishga amaliy yordam berildi. Hozirgi vaqtda vatandoshlarimizga ijtimoiy yordam ko’rsatib kelinmoqda. 

 Huddi shuningdek, aldangan, sodda yosh qizlarimizni ayanchli taqdirlari haqida ham Jizzax viloyatidagi «Istiqlol Avlodi” markaziga murojaatlar kelib tushmoqda.

 –  Allo,  assalomu alaykum, bu «Istiqlol avlodi” markazimi?

–  Ha, sizni  «Istiqlol avlodi” NNTning «Dolzarb aloqa tarmog’i” eshitadi.

–   Meni ismim Abdumalik, yaqin tanishimni, boshiga tashvish tushdi.  Yordamingiz kerak.

– Marhamat, nima bo’lganini aytib bera olasizmi? Murojaatingizni o’rganib chiqib, albatta tegishli yordam ko’rsatamiz.

– Meni «Farida” ismli yaqin tanishim, 2 oy oldin,  «Xurshida”  ismli ayolning taklifi bilan Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahrida do’konda sotuvchilik qilish uchun jo’nab ketgan edi. Ma’lum bo’lishicha, tanishim Farida u yerga yetib borgach, tanishi Xurshida uni va’da qilingan ishga joylashtirmasdan, fuqarolik pasportini olib qo’yibdi. Uni o’zining kvartirasiga olib borib, bundan buyon faqat fohishalik bilan shug’ullanishini talab qilibdi. Hozirda, har kuni erkaklar bilan jinsiy aloqada bo’lishga majburlab kelayotgan ekan. Bu haqida Farida 3 kun oldin uyali telefonimga yashirincha qo’ng’iroq qilib aytib berdi. U mendan yordam berishimni iltimos qilib so’radi. 3 kundan  buyon u bilan aloqa yo’q, uyali telefoni o’chirilgan.  Havotir olayapman. Bugun ish yuzasidan Paxtakor tumaniga borganimda, tumanning markaziy ko’chasiga o’rnatilgan odam savdosi haqidagi katta plakatda markazingizning «Dolzarb aloqa” tarmoq telefon raqamiga ko’zim tushib qolib, darrov yozib oldim. Mana endi shunga qo’ng’iroq qilayapman. Iltimos tanishim Faridani uyiga qaytarishda yordam bersangiz.

Shu kabi bir qator murojaatlar Jizzax shahar «Istiqlol Avlodi” NNT qoshida tashkil etilgan  (0372) 222-94-01 raqamli «Dolzarb aloqa” tarmog’ida qabul qilinmoqda.

Farida Jizzax viloyati IIB xodimlari, markaz, hamda Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilot yordamida Vatanga qaytarildi va yollovchiga nisbatan tegishli chora ko’rilmoqda. Farida hozirgi vaqtda reabilatatsiya jarayonini o’tamoqda.

2016 yil davomida Jizzax shahar «Istiqlol Avlodi” NNT tomonidan olib borilgan samarali faoliyat natijasida «Dolzarb aloqa  tarmog’i” orqali jami 144 ta  qo’ng’iroq qabul qilinib, ulardan 115 tasiga huquqiy konsul’tatsiya berilgan. Qabul qilingan qo’ng’iroqlarning 6 tasi Samarqand viloyati fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan. Odam savdosi bilan bog’liq 23 ta holat identifikatsiya qilindi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 7  ta murojaat qayta yo’naltirildi va markaz tomonidan 12 ta murojaat huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qabul qilindi. Odam savdosi jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida  6 ta jinoiy ishlar qo’zg’atilishida ishtirok etildi. O’tgan davr mobaynida   21 nafar shaxsni Vatanga qaytishida ko’maklashilgan bo’lib, 4 nafari Rossiya Federatsiyasidan va 17 nafari Qozog’iston Respublikasidan vatanlariga qaytarilganlar.

Jizzax shahar «Istiqlol Avlodi” NNT qoshida  tashkil etilgan «Dolzarb aloqa  tarmog’i” viloyatda odam savdosiga qarshi kurash, uning oldini olish va jabrlanganlarga yordam ko’rsatib borish borasidagi chora-tadbirlarni samaradorligini oshirib,  kelgusida bu faoliyatimiz  o’z samarasini beradi deb ishonch  bildiramiz.

Nazifa Kamalova  – «Istiqlol Avlodi”  NNT  rahbari

Sobir Yunusov – markaz huquqshunosi

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (27)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing