Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Arnasoyda yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, muammolarini o’rganish yuzasidan uchrashuv o’tkazildi

Arnasoy Informatika va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, muammolari va taklif-istaklarini o’rganish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va tuman Kengashi, viloyat bandlikka ko’maklashish boshqarmasi, viloyat O’rta maxsus kasb-hunar kolleji boshqarmasi, viloyat aloqa bank, viloyat sport qo’mitasi, O’zMTDP Jizzax viloyat Kengashi, tuman xalq ta’limi bo’limi, tuman IIB yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari hamda tuman tashkilot raxbarlari va yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab uchrashuvni tuman hokimi o’rinbosari B.Nazarov – Bugungi kunda davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar to’g’risida ta’kidlab, yoshlarni qiynayotgan muammo va masalalar borasida ularga yuzlandi.Yoshlar tamonidan bildirilgan kitob do’koni ochish, ta’lim muassasasiga internet tarmoqlari va komp’yuter va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirish, Aydar-Arnasoy ko’li atrofida turizmni rivojlantirish, kasb-hunar kollejiga kelib ketish uchun transport vositalari qatnovini yo’lga qo’yish, yoshlar uchun imtyozli kreditlar olish kabi masalalari borasida qator yoshlarimiz o’z fikr mulohazalarini bildirishdi.

Jumladan bildirilgan fikr mulohazalar yuzasidan kollejlarning qoshida kitob do’koni uchun xona ajratilishi, ta’lim muassasalarida internet tarmog’i yanada kengaytirishga “Aloqa” bank tamonidan Zamira Narzullayevaning murojaati yuzasidan yoshlar o’rtasida komp’yuter va xizmat ko’rsatish sohasini ochish uchun 5 yilga imtiyozli kredit ajratish belgilandi.

Bundan tashqiri O’zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bo’lim mudiri E.Norpo’latov yoshlarga qaratilayotgan katta imkoniyatlar borasida ta’kidlab – bugungi kunda Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli va a’lo o’qiyotgan talabalarga O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tamonidan ta’lim kontragining 35 foizi to’lab berilayoganligi, yoshlar bandligi ta’minlashda imtyozli kreditlar ajratilayotganligi, yoshlar va yosh oilalarga uy-joylarning barpo etilayotganligi ayniqsa, iqtidorli soha vakillari bo’lgan yoshlarni qo’llab- quvvatlash va ularni rag’batlantirish orqali “Kelajak bunyodkori” kabi medallarning berilishi borasida atroflicha to’xtalib o’tdi.

Yosh tadbirkor va fermerlar, yoshlar ittifoqi yetakchi va faollari, iqtidorli va ijodkor yoshlar, sportchilar, yosh o’qituvchilar, korxonalarda mehnat qilayotgan yoshlar, uyushmagan yoshlar ishtirokida uchrashuvlar va ochiq muloqotlar davom etmoqda.

 

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman

Kengashi raisi Begzod Abduraximov

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (7)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing