Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Arnasoydagi tadbir jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslariga qaratildi

Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquqlar, erkinliklar va majburiyatlarni tushuntirish, targ’ibot-tashviqot qilish ishlari joylarda uzluksiz davom ettirilishiga alohida e’tibor berilayapdi.

Jumladan Arnasoy tumanidagi G’oliblar ShFYda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlab “O’zbekiston Respublikasida jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari” yuzasidan davra suhbati o’tkazildi.

Dastlab tadbirda tuman prokurorining yordamchisi B.Ikromov so’zga chiqib, qatnashchilarga Konstitutsiyamizning 25 yilligi munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasida jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari va yoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan «BMTning bola huquqlari to’g’risida» gi konvensiyasi, O’zbekiston Respublikasi «Bola huquqlarini kafolatlari to’g’risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davat siyosatining asoslari to’g’risida» gi va bu boradagi boshqa qonunlarning mazmun mohiyati, o’rni va ahamiyati borasida ta’kidlab o’tdi.

Jumladan jinoyatchilikni oldini olish va qonuniy tarzda ko’rilishi yuzasidan – «Jinoyat sodir etilganda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi suda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.»ligi borasida ishtirokchilarga tushinchalar berildi.

Ayrim yoshlarimiz va voyaga yetmaganlar o’z huquq va erkinliklarini yaxshi anglamasligini bu borada ishlarni maktab va jamoatchilik ishtirokida amalga oshirish yuzasidan ishlar olib borilishi zarur deya ta’kidladi tuman natarial idorasi natariusi I.Do’stmurodov. – Voyaga yetmaganlarni o’qishdan bo’sh vaqtlarini foydali ishlarga yunaltirish uchun mahalla hududlarida va maktab hamda ta’lim muassasalarida maxsus mutaxassislarni jalb qilish kerakligini va bu ishlarni kechiktirmasdan tashkil qilish kerakligini aloxida ta’kidlab o’tdi.

 

Arnasoy tuman “Yagona darcha” markazi

 direktori Javlon Almatov

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (2)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing