Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Baxmalda ikki oyda mahalliy byudjetga 687 million so’mdan ortiq soliq undirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi «Mahalliy byudjetning daromadlari bazasini kengaytirish zahiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli  qarori  ijrosini ta’minlash bo’yicha  Baxmal  tumani Davlat  soliq xizmati organlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda joriy  yilning yanvar’ va fevral’ oylarida 85 nafar yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tdi. Faoliyatini vaqtincha to’xtatgan  24  nafar tadbirkor o’z faoliyatini qayta tikladi.

Byudjet daromadlar parametrlarining so’zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish yo’nalishida maqsadida soliq xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan profilaktika tadbirlari joylarda soliqqa oid jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklarning oldini olishga, shuningdek, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning bazasining kengayishiga va ularning yig’iluvchanligini oshishiga sabab bo’lmoqda. Soliq xodimlari tomonidan  tumanda joylashgan korxona va tashkilotlar, mahallalar, dehqon bozorlari va savdo koplekslari hududlarida fuqarolar bilan 2018 yilning 1 mart holatiga 1687 marotaba tushuntirish ishlari olib borildi. E’tiborlisi, mazkur profilaktik tadbirlar davomida joylarda sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar o’rganilishi yo’lga qo’yilgan. Tuman hududida noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib, bozor ma’muriyati va davlat soliq xizmati organlari mas’ul xodimlaridan yashirinib yurgan ayrim shaxslar bilan yuzma-yuz suhbatlar o’tkazilishi natijasida joriy yilning fevral’ oyida 13 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishiga erishildi.

– Tuman markazida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug’ullanaman, deydi fuqaro Rustam Hamidov. Tadbirkor sifatida hech qanday hujjatim yo’q edi. Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida to’g’ri xulosa chiqarib, qonuniy tartibda tadbirkorlik faoliyatimni boshladim.

Shuni aytish lozimki, tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik suhbatlar  natijasida  2017 yilda tumanda 238 nafar yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tdi. Buning natijasida mahalliy byudjetga 320,9 mln so’m mablag’ tushishi ta’minlandi. 28 nafar fuqaro yollanma ishchi sifatida doimiy ish bilan ta’minlanib,  byudjetga 18,6 mln so’m soliq va davlat maqsadli   jamg’armalariga majburiy ajratmalar undirildi.

                                          Xusniddin Soatov, Baxmal tumani DSI boshlig’i o’rinbosari

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (36)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing