Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Bosh Qomusimiz farovon va osoyishta hayotimiz garovidir

Konstitutsiya mamlakatdagi barcha fuqarolar, millat va elatlarning ijtimoiy-hamjihatliligini, ularning milliy, tarixiy, madaniy, diniy fazilatlarini o’zida aks ettiruvchi asosiy qonun hujjati hisoblanadi.

Konstitutsiyamizning 25-yilligi munosabati bilan joylarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu kabi tadbirlar O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Do’stlik va Paxtakor tuman Kengashlari tomonidan tashkil etildi. Qayd etilganidek, Konstitutsiya mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, siyosiy-huquqiy hayotimizni mustahkamlashda beqiyos o’rin tutmoqda. O’tkazilgan tadbirlarda ham bosh Qomusimizning mazmun-mohiyati, mamlakat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati, shuningdek, unda belgilangan asosiy bob, modda va bo’limlar xususida yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash kerakki, o’quvchi yoshlar o’rtasida bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi o’sib kelayotgan o’g’il qizlarning mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, ularda bosh Qomusimizga nisbatan hurmat hissini kamol toptirishda muhim rol o’ynaydi. Konstitutsiyamizning 41-moddasida belgilab qo’yilganidek “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.” Bugungi kunda o’quvchi yoshlar qonun bilan belgilab qo’yilgan huquq va burchlarini teran anglagan holda, kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti uchun munosib hissa qo’shishga astoydil bel bog’laganliklari quvonarli hol albatta. Zero, bizning bosh maqsadimiz ham “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish”dir!

 

O’zMTDP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi Ulug’bek Mustfoyev

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (5)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing