Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Texnologiyalar

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish sirlari

Energetikaning hayotimizda tutgan o’rnidan kelib chiqib “Energiya dunyoni boshqaradi” degan so’zning to’g’riligiga guvoh bo’lamiz. Qayta tiklanmaydigan energiya resurslarining “Oxiri ko’rinib” qolgan  bir paytda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanish zarurati oshib bormoqda.

 

Interaktiv xizmatlar: qulay va ishonchli

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi doirasida Jizzax viloyatidagi davlat va jamoat tashkilotlari veb-saytlarida ham interaktiv xizmatlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

ICTWEEK UZBEKISTAN 2016 AKT haftaligi doirasida Jizzax viloyat hokimligi uchinchi o’rinni egalladi

ICTWEEK UZBEKISTAN 2016 Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Jizzax viloyat hokimligi “Ochiq ma’lumotlar” nominatsiyasida uchinchi o’rinni egalladi.

 

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va yoshlar masalasi

Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o’z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o’zida mujassam etgan bo’lib, bu O’zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo’lsa, tamal toshi hisoblanadi. Yurtboshimiz aytganlaridek, “Hozirgi axborot, kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga xojat yo’q”.

 

Jizzax maxsus industrial zonasida yangi korxonalar ish boshladi

Respublikamiz rahbarining 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni viloyat sanoatini rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur huquqiy hujjat asosida vohada nafaqat ichki bozorga mo’ljallangan, balki eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir qator korxonalar faoliyati yo’lga qo’yildi.

 

O‘zbekistonda elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tashkil etiladi

O‘zbekiston hukumati elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror (pdf) qabul qildi, deb yozadi“Infocom.uz”.

 

“Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti ishga tushirildi

2016 yil 13 iyun kuni internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali doirasida “Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti (www.kids.gov.uz) ishga tushirildi.

 

“Bunyodkor yoshlar-2016” kompyuter savodxonligi o’quv kurslari tashkil etilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Respublika hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarni, kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining yozgi ta’tilini samarali tashkil etish, ularning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish, hududlarda yashaydigan aholining kompyuter savodxonligini oshirish va ularga Internetdan foydalanishni o’rgatish maqsadida 2016 yilning 27 iyunidan 23 iyuliga qadar  Arnasoy axborot-texnologiyalari, Zafarobod maishiy xizmat ko’rsatish, G’allaorol kompyuter texnologiyalari va Mirzacho’l tumani agro-iqtisodiyot kasb-hunar kollejlarida hududlar aholisini kompyuter savodxonligini oshirish va ularga Internetdan foydalanishni o’rgatish bo’yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabalari tomonidan bepul o’quv kurslari tashkil etiladi.

 

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi takomillashtirila boshladi

“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini amalda tatbiq etish doirasida 2016-yilning 2-iyun kuni Vazirlar Mahkamasi “Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

“Elektron hukumat” tizimi takomillashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda «Elektron hukumat”ni joriy etishning huquqiy asoslari» mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

 

“Elektron hukumat targʻibotida kommunikatsiyalar ahamiyati” mavzuida seminar-trening

2016 yil 19 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida “elektron hukumat”ni rivojlantirish” hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining “Samarali davlat boshqaruvi uchun “elektron hukumat” loyihalari” bilan hamkorlikda «Poytaxt» biznes markazida davlat idoralari mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Elektron hukumat targʻibotida kommunikatsiyalar ahamiyati” mavzuida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing