Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Iqtisodiyot

“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MJCHning Jizzax viloyat filiali barcha tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, kichik biznes vakillari hamda xususiy tadbirkorlarni ochiq tanlov savdolariga taklif etadi

Savdoga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 285-sonli qarori hamda Jizzax viloyat hokimligining 2017 yil 17 fevraldagi 03-78-sonli aloqa xatiga asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi yer uchastkalarining doimiy foydalanish huquqi quyilmoqda:

 

“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJ Jizzax viloyat filiali boshlang’ich bahosi oshib borish tartibida o’tkaziladigan ochiq auksion savdolariga taklif etadi!

I.Savdoga Davlat raqobat qo’mitasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasining 2017 yil 10 fevraldagi 17i/ch-sonli buyrug’iga hamda Zafarobod tumani hokimining 2017 yil 18 yanvardagi 41-sonli va G’allaorol tumani hokimining 2016 yil 21 dekabrdagi 2788-sonli qaroriga asosan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish bo’yicha quyidagi yer uchastkalari qo’yilmoqda:

 

Investitsiya majburiyatlari evaziga «nol» harid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari

Investitsiya majburiyatlari evaziga «nol» harid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari
RO’YXATI

 

Jizzaxda avtobuslarga GPS o’rnatiladi

2017 yil 10 yanvarda davlatimiz rahbarining “Aholiga transport xizmati ko’rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi. Mazkur huquqiy hujjat mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, viloyatimizda jamoat transportlari sonini oshirish, yangi yo’nalishlar ochish hamda yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarning hal etilishi uchun xizmat qiladi. “Jizzax haqiqati” gazetasi muxbiri Alijon Abdusattorov mazkur qaror ijrosi bo’yicha viloyatimizda amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan ishlar hamda sohada kuzatilayotgan ayrim muammo va kamchiliklar xususida respublika “O’zavtodaryotrans” agentligining viloyat hududiy bo’limi rahbari Ilhom Boqiyev bilan suhbatlashdi.

 

Men yurtimni sevaman

Zomin… Har safar ushbu tumanda bo’lganimda maftunkor va betakror yurtimizning kichik aksini ko’rgandek bo’laman. Yashil archalarga burkangan osmono’par tog’lar, ulkan suv ombori, adog’i ko’rinmaydigan dashtlar, ko’rkamlik borasida diyorimizdagi hech bir shahardan qolishmaydigan tuman markazi ko’ngillarda cheksiz g’urur uyg’otadi. Shoir aytganidek, “Bizda bori qayda bor?”

 

Жиззахда Глобал экологик фонднинг кичик грантлар дастури доирасида аграр ланшафтни яхшилаш лойиҳаси амалга оширилади

Jizzaxda Global ekologik fondning kichik grantlar dasturi doirasida  fermerlar va boshqa qiziquvchilar uchun agrar sohada innovatsion va energiya tejovchi texnologiyalarni qo’llash mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish sirlari

Energetikaning hayotimizda tutgan o’rnidan kelib chiqib “Energiya dunyoni boshqaradi” degan so’zning to’g’riligiga guvoh bo’lamiz. Qayta tiklanmaydigan energiya resurslarining “Oxiri ko’rinib” qolgan  bir paytda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanish zarurati oshib bormoqda.

 

“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJ Jizzax viloyat filiali boshlang’ich bahosi oshib borish tartibida o’tkaziladigan takroriy ochiq auksion savdolariga taklif etadi!

Savdoga Davlat raqobat qo’mitasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasining 2016 yil 21 iyuldagi 105i/ch-sonli buyrug’iga hamda Jizzax tumani hokimining 2016 yil 16 iyundagi 969-sonli qaroriga va auksion savdolarini o’tkazish komissiya yig’ilishining 2016 yil 28 dekabrdagi 44-sonli bayonnomasiga asosan Jizzax tumani, Ravot QFY, Ravot SIU hududidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 600 kv.m (10, 14, 19, 22, 27, 28, 30, 35-sonli) 8 ta yer uchastkalari takroran qo’yilmoqda. Har bir yer uchastkasiga bo’lgan huquqning boshlang’ich bahosi –210 000 so’mdan.

 

Jizzaxlik tadbirkorlar soliq sohasidagi imtiyozlar bilan tanishdi

Jizzaxda viloyat, tuman va shahar hokimlarining iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tadbirkorlar, soliq inspeksiyalari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Jizzax viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

 

Jizzaxda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

Jizzax viloyatida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir amaliy chora-tadbirlar yuzasidan seminar yig’ilishi o’tkazildi.

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing