Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Rasmiy ma’ruzalar

Viloyat hokimining yangi yil tabrigi

Jizzax viloyati hokimi U.Y.Uzoqovning viloyat ahliga Yangi yil tabrigi

                   Aziz yurtdoshlar! 

Bugun ko’nglimizga ulkan orzu-umidlar baxsh etib, qalblarimizni olam-olam quvonchga to’ldirib yurtimizga Yangi yil kirib keldi. Har birimizga ko’tarinkilik va faraxbahsh onlarni hadya etayotgan ushbu qutlug’ shodiyona bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman.


O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan viloyat hokimi S.U.Ismailovning BAYRAM TABRIGI

Aziz do’stlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun ona-Vatanimiz – O’zbekistonda eng ulug’ va eng aziz  bayram,  Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi  tantana qilinmoqda. Ushbu bayram “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” deya o’rtaga tashlangan yorqin da’vat ostida har bir oila va xonadan,  qishloq va mahalla, shahar va tuman, butun O’zbekistonda misli ko’rilmagan shodiyona ostida nishonlanyapti.  Ushbu fursatdan foydalanib men ham mana shu qutlug’ maskanga to’plangan barcha-barchangizni, Siz orqali esa, butun viloyatimiz ahlini samimiy tabriklayman. Qo’limni ko’ksimga qo’yib, “Istiqlol bayrami qutlug’ bo’lsin! Vatanimizning chorak asrlik to’yi muborak,  azizlar!”  degan bo’lar edim.


Jizzax viloyati hokimi S.U.Ismailovning viloyat faollarining “2016 yilning I-yarim yilligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi yig’ilishidagi ma’ruzasi

Assalomu-alaykum hurmatli hurmatli yig’ilish ishtirokchilari, deputatlar

Bugun biz sizlar bilan eng aziz va muqaddas bayram Mustaqilligimizning 25 yilligini munosib kutib olish bo’yicha keng qamrovli tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan bir paytda uchrashib turibmiz.


Jizzax viloyati hokimi S.Ismailovning 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira” xiyobonida bo’lib o’tgan tantanali marosimdagi tabrigi

Assalomu alaykum, muhtaram faxriylar!

Aziz do’stlar!

Avvalo barchangizni – Vatan ozodligi, yurtimiz tinchligi uchun Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan, urushdan keyingi mehnat frontida fidoyilik ko’rsatgan Siz muhtaram tabarruk nuroniylarimizni Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g’alabaning 71 yilligi bilan viloyatimiz faollari hamda keng jamoatchiligi nomidan samimiy qutlayman.


Jizzax viloyati hokimi S.U.Ismailovning Navro’z bayrami munosabati bilan viloyat ahliga bayram tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Avvalo, mana shu majmuaga bayramona kayfiyat bilan jamuljam bo’lib o’tirgan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun Jizzax viloyati ahlini yurtimizga qutlug’ qadamlari bilan kirib kelayotgan, bahor, yasharish va yangilanish ramzi, sharqona yangi yil debochasi bo’lmish Navro’zi olam bilan viloyatimizning ko’p sonli jamoatchiligi va faollari nomidan samimiy muborakbod etaman.



© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing