Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Tadbirlar

Mahalla tizimida muhim bosqich

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning 3 fevralida imzolangan  “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi Farmon fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Mahalla instituti tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan bu hayotbaxsh hujjat ijrosini ta’minlash bugunning muhim talabidir.

 

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining qo’shma majlisi

Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatri binosida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga viloyatimizdan vakil saylash to’g’risidagi masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlarining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Unga 20-“Paxtaobod” saylov okrugidan viloyat kengashining deputati Akram Inomov raislik qildi.

 

Jizzaxda “Innovatsion ishlanmalar ko’rgazmasi” tashkil etildi

Yurtimiz taraqqiyotini mustahkamlash, istiqbolini belgilashda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini ta’minlash bugunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish jarayonida asosiy vazifamiz amaliy, innovatsion, ilmiy texnik loyihalar hamda ishlanmalar import o’rnini bosadigan va eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar yaratishga hamda yangi materiallar, mashinalar, preparatlar va boshqa ilg’or ilmiy mahsulotlar yaratish imkonini beradigan texnologiyalarga qaratilgan bo’lishi lozim.

 

Жиззахда Глобал экологик фонднинг кичик грантлар дастури доирасида аграр ланшафтни яхшилаш лойиҳаси амалга оширилади

Jizzaxda Global ekologik fondning kichik grantlar dasturi doirasida  fermerlar va boshqa qiziquvchilar uchun agrar sohada innovatsion va energiya tejovchi texnologiyalarni qo’llash mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tanlov — chinakam tajriba maydoni

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida milliy va ma’naviy qadriyatlarni keng targ’ib qilish, mahallalar hayotining turli sohalarini rivojlantirish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish, rag’batlantirish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o’tkazib kelinayotgan «Eng namunali fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari» tanlovi tizim faollari uchun o’ziga xos tajriba maktabi bo’layotir.

 

Jizzaxda «Dunyo ulamolari murojaati» nomli kitobning taqdimot marosimi tashkil etildi

Jizzax viloyat hokimligi, O’zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida «Dunyo ulamolari murojaati» nomli kitobning taqdimot marosimi o’tkazildi. Uchrashuvda viloyat imom-xatiblari, olim va mutaxassislar ishtirok etdi.

 

Hokimiyat va boshqaruv organlari xodimlarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’ulligini oshirish qanday ta’minlanadi?

  • “Elektron hukumat”…
  • “Yagona portal”…
  • “Ochiq ma’lumotlar”…
  • “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi”…

Mazkur jumlalar, so’nggi 10 yillikda eng ko’p ishlatiladigan so’zlar sirasiga  kirib bormoqda. Bugun bu tizimlarning rivojlanishi o’z-o’zidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq va shaffof faoliyat yuritishining asosiy omillari hisoblanadi. Shu bilan birga qabul qilinayotgan qarorlar uchun  mas’uliyatni oshiradi.

 

“Elektron hukumat targʻibotida kommunikatsiyalar ahamiyati” mavzuida seminar-trening

2016 yil 19 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida “elektron hukumat”ni rivojlantirish” hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining “Samarali davlat boshqaruvi uchun “elektron hukumat” loyihalari” bilan hamkorlikda «Poytaxt» biznes markazida davlat idoralari mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Elektron hukumat targʻibotida kommunikatsiyalar ahamiyati” mavzuida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

 

Viloyat hokimligida matbuot anjumani tashkil etildi

2016 yil 6 may kuni Jizzax viloyat hokimligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat sohasidagi rejalar, aholi bandligini ta’minlash bo’yicha matbuot anjumani o’tkazildi.

 

Jizzax shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

2016 yilning 27 aprel kuni Jizzax shahar hokimligida «Jizzax: kecha va bugun, shaharsozlikni rivojlantirish, shaharda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar rivojlanishning muhim omili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

 

Jizzaxda OAV xodimlari uchun ochiq ma’lumotlardan foydalanish mavzusida seminar tashkil etildi

2016 yilning 21 aprel kuni Jizzaxda viloyat hokimligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida “Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: 2-bosqich” loyihasi doirasida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlaridagi ochiq ma’lumotlar bo’limi va ochiq ma’lumotlardan foydalanish” mavzusida seminar o’tkazildi.

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing