Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Turizm

Forishda “Chavandozlik udumlari va turizm” mavzusida seminar tashkil etildi

Forish tuman o’lkashunoslik muzeyida bo’lib o’tgan seminar Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Jizzax viloyat vakilligi va O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman bo’limi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir uloq-ko’pkari musobaqasining vohamizda  turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatiga bag’ishlandi. Bu haqda Sangzor.uz nashri xabar bermoqda.

 

“Bobo daraxtlar”

Yurtimiz tabiati o’ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. Shu bilan birga qanchadan qancha mo’jizaviy boyliklarimiz bor. Ana shu tabiat boyligi va noyob mo’jizalari orasida keksa daraxtlar asosiy o’rinni egallaydi. Bolaligimizda bobom doim “Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’. Odamzod shu dunyoda yashar ekan, daraxt ekishi, ularni ko’paytirishi kerak. Chunki daraxtlar insondan ham uzoq yashaydi va o’zidan keyingi avlodlarga beminnat xizmat ko’rsatadi,” der edilar. O’sha paytlarda bobomning yoshlari katta bo’lsada, ba’zan bog’ oralab ba’zi daraxtlarni bobo, otaxon deb atar edi. Shunda tushunmas edim, endi bilsam daraxtlar uzoq yashar ekanlar.

 

Zominda ham qadimiy qal’alar bor…

Tarixdan ma’lumki Yevropa va Yunon-Rum davlatlarida asosan tarixiy qal’alar, yoki shunga o’xshash binolar ko’p topilgan. Bu davlatlarni tarix ko’zgusi deyish mumkin. O’zbekistonda esa Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi viloyatlarini tarixiy yodgorliklarga boy hududlar qatoriga kiritish mumkin. Ularda asosan milliy naqshlarga boy saroy va madrasalar mavjud.

 

Bu diyorning suvlari zar, tuprog‘i gavhar

«Nortoy, bardam bo‘l, yoningda men bor…». Ha, bu o‘sha, betakror «Chinor ostidagi duel» filmidagi lavha. Forishning go‘zal tabiat manzaralari suratga olingan ushbu filmni ko‘rgan sari ko‘rgingiz kelaveradi.

 

VILOYATNING MADANIY MEROS OB’EKTLARI

Ularni muhofaza etish jarayonlari haqida  tarixchi olimning mulohazasi

 Mustaqillik yillarida tarixiy haqiqatni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish borasida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishildi.

 

KO‘ZLARDA ASRALGAYDIR VATAN

Uchqiz afsonasi

                 Uch kunda kuz keldi.

                 Dunyo qaridi.

                 … Bulut kelayotgan tomonga qarab

                 Dunyo suzib borar ohista, dunyo…

 

Zominda bo‘lganmisiz?

Jizzax shahrida kunchiqar tarafga qarab yo‘nalgan asfalt yo‘l guyoki Turkiston tizma tog‘lari hududini Mirzacho‘l sarhadlaridan chegaralab borayotgandey tuyiladi. Necha-necha asrlik kechmish sinoatlarni bag‘rida jamlagan tarixiy va zamonaviy manzaralarni tutashtiruvchi mazkur yo‘l bizni Zomin

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing