Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Forishda 4-sektor ommaviy qabul tashkil etdi

Forish tummanida 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari Sardor Rajabov tomonidan «Qizilqum» mahallasida ommaviy qabul tashkil etildi.

Ommaviy qabulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanda tashkil etilgan xalq qabulxonasi mudiri O’tkir Maxammatov, bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi.

– Mahallamizdagi ichki yo’llar va «Qizilqum – Bog’don» avtomobil yo’lini ta’mirlashda amaliy yordam bersangizlar, – dedi shu mahallada yashovchi Shavqiboy Anjirov butun mahalladoshlari fikrini ifoda etib. Tadbirkor bo’lishni istagan Akmal Javlonov yer maydoni ajratib berishda amaliy yordam so’ragan bo’lsa, Ulbo’sin Maxammatova esa uy-joyini ta’mirlashda yordam so’radi.

Ommaviy qabul davomida mahallada yashovchi fuqarolardan jami 6 ta murojaatlar qabul qilinib, ularning 2 tasi o’z joyida hal etildi. 2 ta murojaat ijro uchun tegishli korxona, tashkilot, muassasalarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi. Bundan tashqari uchrashuv davomida aholi o’rtasida targ’ibot ishlari ham olib borilib, ularga Prezidentimiz qarorlari, qonunchilikka kiritilgan so’nggi o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida tushunchalar berib o’tildi.

Rashid KARIMOV

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (14)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing