Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

G’allaorolning  chekka hududlarida O`zLiDeP ko’magida yoshlarga  sport komplekslari barpo etiladigan bo’ldi

 G’allaorol tumanidagi “Samarqand” hamda  “Baxt”  fuqarolari  yig’inida O`zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabulda ijtimoiy muhofaza sohasiga oid masalalar bo’yicha 8 ta muammo, fermer xo’jaligiga oid masalalar bo’yicha 1 ta muammo va takliflar tegishli mutaxassislar tomonidan o’rganildi.

– Haligacha mahallamizda yoshlarimiz sport bilan shug’ullanishi uchun bir dona ham sport komplekslari, istirohat bog’lari barpo etilmadi,- deydi “Olimlar” MFY yashovchi Mirza Eshmatov.

Mazkur masala yuzasidan partiya faoli “Sangzor Parranda” MCHJ rahbari Diyor Bozorboyev joriy yil davomida tuman markazida yoshlar uchun sport inshoatlari qurilishi va uzi rahbarlik qilayotgan “Sangzor Parranda” MCHJni kengaytirishi maqsadidi yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilganligini ta’kidladi va yuqoridagi masalalar 2018 yil davomida ijobiy hal etilishiga va’da berdi.

Shuningdek,  “G’allakor” qishlog’ida yashovchi Salomat Jo’lbekova nogiron o’g’li Jahongir Jo’lbekovni nogironlar uyiga joylashtirishda bir qancha qiyinchiliklarga uchrayotgani yuzasidan amaliy yordam so’rab murojaat etdi. Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Xo’jaqulov tomonidan o’rganib chiqilib tuman mutasaddi rahbarlariga tegishli tartibda deputatlik so’rovi yuborib masalani ijobiy hal etishini ta’kidlab o’tdi.

A.Yakubov    

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining

jismoniy va yuridik shaxslarning

                                                                    murojaatlari bilan ishlash  bo’limi mudiri                                                    

 

 

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (20)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing