Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

IBRATLI UMR YO’LI

 Norpo’lat Norqo’ziyevning umr yo’li tibbiyot ahli uchun ibratli, havas kiladigan  yo’ldir.

U 1961 yilda Samarkand tibbiyot institutida tahsil olgan chog’laridayoq yoshlarga yordam ko’llarini cho’zib, yashash, ilm olish borasida maslahatgo’y bulgan. Oliygohda a’lo baholarga o’qib, tashabbuskor va faol bo’lgani bois davlatimiz tomonidan 5-kursdan Moskva tibbiyot institutiga o’kishni davom ettirish uchun jo’natiladi. Yosh talaba tibbiyotning mashhur olimlaridan tahsil olib, Moskva tez tibbiy ilmiy tekshirish institutida amaliyotchi jarroh vazifasida tajriba oshiradi. Shu sabab malakali xirurg, yukori bilimli tibbiyot xodimi sifatida ona yurtiga qaytib keladi. Viloyatimizda yangi tashkil kilingan yoshlarga ustozlik kiladi. Viloyat sog’likni saklash boshkarmasida 10 yil mobaynida bosh xirurg lavozimida ishlagan paytida tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ldi.

Norpo’lat Norqo’ziyev viloyatda xirurgiya xizmatini rivojlanishida bevosita rahbarlik kilib, xirurgiya bo’limlarini tashkil qilishda, xirurg kadrlarni tayyorlashda bevosita ishtirok etdi. Shogirdlari bugungi kunda mamlakatimizning turli joylarida xalkimiz salomatligi yo’lida xizmat kilmokda.

Norkuziyev Norpulat  1985 yildan 2014 yilgacha viloyat kasalxonasida jarroxlik bo’limi boshlig’i va shu kunga kadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining II shoshilinch jarrohlik bo’limida jarroh bo’lib ishlab kelmokda. Norko’ziyev Norpo’lat Uzokovich ko’p yillik samarali ish faoliyati davomida ko’plab jarrohlar s’yezdi, konferensiyalarida o’zining mazmunli ma’ruzalari, fikr va mulohazalari bilan ishtirok etgan.

1971 yil Moskva shahrida bo’lib o’tgan butunjahon jarrohlar s’yezdida o’z ma’ruzasi bilan katnashgan. 1986 yilda Respublika jarrohlar s’yezdi delegati, Respublika shoshilinch jarroxlar konferensiyasi delegati bo’lib ishtirok etdi.

Norkuziyev Norpulat  jarrohlik ish faoliyati davomida 50 dan ortik ilmiy makolalar va tezislar muallifidir. Shuningdek uning xizmatlari dvlatimiz tomonidan munosib baholanib, O’zbekiston Respublikasi Mustakilligining 20 yilligi hamda O’zbekiston Sog’likni saqlash a’lochisi ko’krak nishoni bilan takdirlangan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Sog’likni saklash vazirligi, viloyat xokimligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining ko’pgina faxriy yorlik va tashakkurnomalari bilan takdirlangan.

Norpulat Uzokovich hozirgi kunda katta Uzokovlar sulolasining sarboni, Turmush o’rtog’i Pardaxol ona bilan to’rt nafar farzandni  el koriga yaraydigan mutaxassislar qilib yetishtirdi.13 nafar nevara, 25 nafar evaralarning ardokli bobojonisidir.

Shahnoza YULDASHEVA

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (16)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing