Работы по техническому обслуживанию сайта осуществляется

Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Iste’molchilarning huquq va majburiyatlari

Jizzax shahar hokimligida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo’limi va Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorlikda tashkil etgan “Energiya resurslari: iste’molchilarning huquq, va majburiyatlari” mavzusida o’quv-seminar bo’lib o’tdi. Tadbirda soha mutaxassislari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, tadbirkorlik sub’yektlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo’limi boshlig’i o’rinbosari SHerbek Akbo’tayev, Jiz­zax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi Gulbahor Musinova mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to’lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilar mas’uliyatini va to’lov madaniyatini oshirish haqida ma’ruza qildilar.

Tadbirda ishtirok etgan Jiz­zax shahar gaz ta’minoti hamda Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonalarining rahbarlari SH.Xolmatov va D.Ravshanov tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minoti bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, iste’mol madaniyati to’g’risida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Seminarda mavzu yuzasidan yig’ilganlarning savollariga batafsil javob berildi.

Sarvar BEKTEMIROV,

Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijrochi direktori.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (20)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing