Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Janubiy Koreyada XII qishki Paralimpiya o’yinlari boshlandi, unda Jizzaxlik Yoqutxon ishtirok etadi

Avvalroq, Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XII qishki Paralimpiya o’yinlari boshlanishidan oldin O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’ini ko’tarish marosimi bo’lib o’tgani haqida bergandik. 

9 mart kuni Pxyonchxan shahrida XII qishki Paralimpiya o’yinlari boshlandi.

18 martgacha davom etadigan ushbu sport bayramida dunyoning 49 ta mamlakatidan 570 nafarga yaqin paralimpiyachi ishtirok etadi.

Sportchilar 6 xil sport turi bo’yicha 80 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar.

Ma’lumot uchun, mazkur o’yinlarda o’zbekistonlik sportchi Yoqutxon Holbekova ham ishtirok etadi.

U chang’i poygalari bahsida O’zbekiston sharafini himoya qiladi.Holbekovaning ilk starti 12 mart kuniga mo’ljallangan.

O’sha kuni Yoqutxon 15 km masofaga bo’ladigan chang’i poygalarida qatnashadi. 14 mart kuni u 1,5 km masofali sprint bahslarida ishtirok etadi.

17 mart kuni esa Xolbekova 7,5 km masofaga klassik poyga bahslarida o’z omadini sinab ko’radi.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (43)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing