Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda O’zMTDPning boshlang’ich partiya tashkilotlari ishlayaptimi?

Siyosiy partiya jamiyatda mustahkam o’rin topishi uchun elektorat manfaatini samarali himoya qilishga qaratilgan hayotiy takliflarni ilgari surishi va ularni amalga oshirish yo’lida izchil ish olib borishi zarur.

Bu jarayonda, boshlang’ich tashkilotlar faoliyati muhim o’rin tutadi. Chunki, BPT elektorat bilan bevosita aloqada faoliyat ko’rsatadi, aholini o’ylantirayotgan masalalarni yaxshi biladi. Shu bois, quyi bo’g’in faoliyatini kuchaytirish orqali siyosiy partiya o’z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yo’lida samarali natijalarga erishishi mumkin.

O’zMTDP viloyat, tuman (shahar) Kengashlarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Partiya tashkilotlari tomonidan boshlang’ich partiya tashkilotlari faoliyati o’rganilib, tanqidiy-tahliliy baxo berilyapti.

Bugungi kunda viloyatda 303 ta boshlang’ich partiya tashkilotlari ish tartibi va ularning faoliyatiga oid ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash bo’yicha Yo’riqnoma asosida ish olib bormoqda. Ammo, tuman (shahar) Kengashlari tarkibidagi barcha BPT samarali faoliyat olib boryaptimi!? Biz boshlang’ich partiya tashkilotlari faoliyatini O’zMTDP Sharof Rashidov tumani misolida tahlil qilib ko’rdik. Natijalar esa kishini unchalik ham quvontirmadi. Partiyaning tuman Kengashi tarkibida 22 ta quyi bo’g’in mavjud bo’lib, ular o’z safiga 1267 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan.

Ammo, tumandagi boshlang’ich partiya tashkilotlarining qariyb o’ttiz foizining faoliyati qoniqarli darajada emas…

Jumladan, “Tuyoqli”, “Qangli”, “Qo’shbarmoq” BPT talab darajasida ishlamayapti. Uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish va ish samaradorligi yangi bosqichga ko’tarish, boshlang’ich partiya tashkilotlari raislarining bilimi va siyosiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida yaqinda seminar-trening o’tkazdik. Unda O’zMTDP Sh.Rashidov tuman Kengashi tarkibidagi quyi bo’g’inlar kesimidagi o’sish dinamikasi, dasturiy vazifalar ijrosi yo’lida amalga oshirayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Jumladan, joriy yilning shu davrini o’tgan yilning shu davri bilan solishtirilganida, bir yil hisobiga ular (BPT) soni bor yo’g’i 2 taga oshganligini ko’rish mumkin. Bundan tashqari, mavjud boshlang’ich partiya tashkilotlarida targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazish, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashda ham qator kamchiliklar uchrayotgani aniqlandi. Interfaol mashg’ulotlar orqali boshlang’ich partiya tashkilotlari raislarining siyosiy, huquqiy bilimlari oshirildi. Partiyaning quyi bo’g’inlari va deputatlik guruhlari o’rtasida muntazam hamkorlikni yo’lga qo’yishga doir takliflar ishlab chiqildi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, o’z nomiga ko’ra, boshlang’ich partiya tashkiloti partiyaning eng quyi tuzilmasi bo’lib, aholining turli qatlamlari bilan bevosita ish olib borish, jamoatchilik orasida partiyaning dasturiy maqsad – vazifalarini targ’ib qilish, partiya safini uning maqsad va g’oyalarini qo’llab-quvvatlaydigan a’zolar bilan to’ldiri kerak.

Ulug’bek Mustafayev,

O’zMTDP viloyat Kengashi matbuot kotibi.

 Damira Hayitova,

O’zMTDP SH.Rashidov tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (17)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing