Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzax viloyati hokimi almashtirildi

Joriy yilning 31 oktyabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, Davlat Maslahatchisi U.S.Ismailov qatnashdi. SHuningdek xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, xududlardagi sektorlar rahbarlari, boshqarmalar, tashkilotlar rahbarlari, viloyat, shahar va tumanlar faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. U.Uzakov Jizzax viloyati hokimi vazifasidan ozod etilib, E.Saliyev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U shu paytga qadar Arnasoy tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (314)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing