Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzax viloyati hokimligida ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha o’quv seminari o’tkazildi

Viloyat hokimligida tashkil etilgan anjumanda hududdagi barcha shahar va tuman hokimliklari tashkiliy nazorat guruhi rahbarlari, devonxona mudirlari va sohaga aloqador xodimlar ishtirok etdi.

O’quv seminarida hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha ishlarni takomillashtirish bilan bir qatorda, o’quv rejasiga eksport masalalari, yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasini faoliyatini tashkil etish masalalari, axborot-texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning ish faoliyatingizga tadbiq etish borasida ko’rilayotgan tadbirlar, shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari bilan ishlash va boshqa ko’plab sohalar bo’yicha alohida o’quv hamda amaliy darslar o’tildi.

O’tkazilgan seminarda ishtirok etayotgan shahar va tumanlar hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlari, umumiy bo’lim mudirlari va huquqshunoslaridan ushbu seminar jarayonida o’zlashirgan tajribalaringizni joylarda ham seminar tashkil etgan holda amalga oshirishlari ta’kidlab o’tildi.

Viloyat hokimligi

 Axborot  xizmati

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (13)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing