Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda 800 gektar maydonga achchiq qalampir ekilmoqda

Joriy yil ko‘klamida Jizzax viloyatidagi bir qator fermer xo‘jaliklari ilgari qilinmagan yangi ishga – achchiq qalampir yetishtirishga qo‘l urdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, achchiq qalampir yer tanlamaydi. Undan viloyatning tog‘li tumanlarida boshqa ekinlarga qaraganda ko‘proq daromad olish mumkin ekan. Shuning uchun Zomin, Yangiobod, Baxmal, G‘allaorol tumanlarida bu yil 800 gektar maydonga ushbu ekinni ekishga tayyorgarlik ko‘rilayotir.

Yaqin kelajakda bu ziroatni 100 foiz qayta ishlab, tayyor mahsulotning 60 foizini eksport qilish mo‘ljallanmoqda.

 Toshqul Beknazarov, O‘zA
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (40)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing