Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda ekoagroturizm tajribadan o’tkaziladi 

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi «Barqaror rivojlantirish ShRT” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikda ekoagroturizmni rivojlantirish maqsadida 40 gektar maydonda tajriba uchastkasi yaratilmoqda. 

Tajriba uchastkasida mamlakatimiz va xorijda yaratilgan yangi navlarni mahalliy sharoitga moslashtirish bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi.

Bu haqda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti olimlari ishtirokida dehqonchilikda energiya va resurs tejamkor yangi biotexnologiyalarni joriy etishga bag’ishlangan seminarda aytildi.

– Laboratoriyamizda tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish maqsadida samarali texnologiyalar yaratilmoqda, – deydi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti tuproq mikrobiologiyasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori Gulnora Jumaniyozova. – Jumladan, ilmiy jamoamiz tomonidan yaratilgan «Fosstim-1”, «Fosstim-3” bakterial o’g’itlar, kompleks ta’sir ko’rsatadigan «Rizokom-1” va «Rizokom-2” biopreparati, «Biokom” biokomposti va «Serhosil” biopreparatlari mamlakatimiz agrar sohasida keng qo’llanilmoqda.

 

– Xo’jaligimiz yerlari o’rta va kuchli sho’rlangan maydonga kiradi. Shu bois hosildorligimiz paxtadan 19-20, g’alladan 25-30 sentnerdan oshmaydi, – deydi «Mustang Maksimus” fermer xo’jaligi rahbari B.Musabekov. – Olimlar yaratgan ushbu biopreparatlarni joriy yil dehqonchiligimizda sinab ko’rmoqchimiz.

 

– Kelgusi yilda 4 gektar maydonda issiqxona barpo etishni rejalashtirganmiz, – deydi «Barqaror rivojlantirish ShRT” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Olim Usmonqulov. – 2020 yilga qadar akvapark, dam olish kempinglari, bolalar maydonchasi, konferensiyalar zali, qishloq xo’jaligi texnikalari sotish maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan.

 

Toshqul Beknazarov

 

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (33)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing