Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda ingliz tili yoshlarga ommaviy o’rgatilmoqda

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Forish tuman kengashi qoshida tashkil etilgan «ingliz tili» to’garagi tomonidan yoshlarga ingliz tilini o’rgatish maqsadida «Learn English weth us» ya’ni «Biz bilan ingliz tilini o’rganing» nomli davra suhbati tashkil etildi.

Unda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida to’garak kordinatori Sherali Norqulov, to’garak a’zolari Anvar Ortiqov, Ilyos Asfandiyorov va Lazizbek Qurbonovlar ingliz tili haqida ma’lumotlar berishdi. Davra suhbati yana ham qiziqarli bo’lishi uchun ingliz tilida ifodalanuvchi turli o’yinlar tashkil etilib, videoroliklar namoyish etildi.

Farida ISLOMOVA

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (8)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing