Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda OITSga qanday ishlar amalga oshirilmoqda

Jizzax viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3493-sonli qarori va ushbu qaror bilan davlat dasturi ijrosi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Botir To’xtamishev raisligida o’tkazilgan yig’ilishda viloyatda OIV infeksiyasining tarqalishi, bu kasallikning oldini olish bo’yicha tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi Nilufar Asqarovaning so’ziga ko’ra viloyatda kasallik o’tgan yilning shu davriga nisbatan joriy yilda kasallik 7 ta holatga ko’paygan. Viloyatda kasallik 67 % holatda tartibsiz jinsiy hayot kechirish natijasida yuqqanligi, kasallikning tarqalishida jinsiy madaniyatni shakllantirish  butun respublika bo’yicha eng muhim vazifalardan biri ekanligi aytib o’tildi.

Kasallikning tarqalishida chet elda ishlab qaytib kelayotgan viloyat fuqarolarining ulushi ham yuqori ekanligi ta’kinlandi. Davlat dasturida ham mexnat migrantlarini  majburiy tekshiruvga yo’llash bo’yicha tartib ishlab chiqilishi belgilanganligi sababli Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi va tegishli tashkilotlar  hamkorligida qo’shma reja ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga ko’ra xar bir maxallada “maxalla shtabi” tashkil qilinib, chet elda uzoq muddat ishlab kelayotgan shaxslarni tezkor aniqlash va tibbiyot muassasasiga tibbiy ko’rikdan o’tishi uchun yo’naltirish belgilangan.

Yig’ilishda barcha tashkilotlar tomonidan ushbu illatga qarshi hamkorlikda kurashishga kelishilgan va yig’ilish qarori ijro uchun qabul qilingan.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (23)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing