Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda Polimerlar kimyosi fizikasi institutining yig’ilishi o’tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 martda bo’lib o’tgan yig’ilishi bayoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi fizikasi instituti «O’zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati va tizimidagi korxonalarga biriktirilgan edi.

 Institut rahbariyati ish rejasidan kelib chiqib, «Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzuidagi muloqotlarni bosqichma-bosqich tashkil etayapti. «Jizzax plastmassa» aksiyadorlik jamiyatida bo’lib o’tgan tadbirda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida so’z bordi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Sayyora Rashidova, «O’zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati innovatsiya boshqarmasi boshlig’i A.Dadaxo’jayev, texnika fanlari doktorlari A.Otaxonova, N.Ashurova va boshqalarning ma’ruzalari tinglanib, atroflicha muhokama etildi. Ta’kidlanganidek, «Jizzax plastmassa» aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi Davlatimiz rahbarining 2018 yil 22 yanvardagi «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni bilan belgilangan vazifalarga hamohangdir.

 

Laziz MAMATQULOV

 

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (4)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing