Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda taniqli jurnalist yoshlarga kitiob sovg’a qildi

Taniqli jurnalist, hozirda «Pedagog minbari» ilmiy-pedagogik, metodik, ma’naviy-ma’rifiy jurnalining bosh muharriri Abdulhamid Muxtorov Bolg’ali qishlog’idagi 67-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchi va o’qituvchilar jamoasining mehmoni bo’ldi.

A.Muxtorov shu qishloqda tug’ilib, ushbu qishloq maktabida tahsil olib, ulg’aygan.

Hamyurtimiz badiiy ijodga, jurnalistlikka ixlosmand inson. U O’zbekiston milliy universitetining falsafa fakul’tetida o’qidi va dorilfununni bitirib, mehnat faoliyatini «Ma’rifat» gazetasi tahririyatida muxbirlikdan boshlagan. 2004 – 2006 yillar «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi tahririyatida ijtimoiy hayot bo’limini boshqardi. 2006 – 2007 yillar «Bolalar sporti» jurnalining bosh muharriri vazifasida faoliyat ko’rsatdi. 2007 – 2009 yillar Oliy jurnalistika kursida tahsil oldi.

2007 yil A.Muxtorov noshirlik xizmatiga o’tib, 2007 – 2011 yillar «Tafakkur» nashriyotining  direktori vazifasida ishlab, bu sohada ham faoliyatining yangi qirralarini namoyon etabildi.  Izlanuvchan ijodkor kitobxonlarga «So’nggi qo’ng’iroqdan keyin» nomli publitsistik maqolalar to’plami, «Mening tasavvurim» nomli hajviyalar majmuasini hadya etdi.

Abdulhamid Muxtorov o’zi tahsil olgan qadrdon maktabiga tashrif buyurib, maktab jamoasi bilan dildan suhbat qurdi, ustozlari duosini oldi va maktab kutubxonasiga 140 donadan oshiq kitoblar hadya etdi. Ular orasida «Buyuk salohiyat sohibi – yohud Temurbek», «Amir Temur chet elliklar nigohida», «Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’ati», «Geografik kashfiyotlar», «Xamsa hayratlari», Gulxaniy, Abdurauf Fitrat, Muqimiy, Lev Tolstoy, Ibrohim Karim, To’lqin Hayit, Muhammad Ali, Sirojiddin Sayyid, Sa’dulla Siyoyev, YAyra Sa’dullayeva kabi ijodkorlarning asarlari mavjud.

A.ABDIYEV

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (6)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing