Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda “Uyma-uy” loyihasida aholi muammosi hal etilmoqda

Fuqaro G.Abduraimovaning muammosi bo’yicha surishtiruv olib bordik.

Bizga berishgan javobni (agar buni javob deyish mumkin bo’lsa) qarang – patronaj hamshirasi mehnat ta’tilida bo’lganligi sababli fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazilmagan. Nahotki bir odam besh yildan buyon kasallik bilan “olishib” yotgan bo’lsa-yu, undan birov hol so’ramasa…

Do’stlik tumani “Saritepa” qishloq fuqarolar yig’ini Q.Rahimov ko’chasida yashovchi fuqaro Gulnoza Abduraimova 5 yildan buyon  poliartrit kasalligidan aziyat chekib kelgan. Moddiy yetishmovchiliklar sabab fuqaro tibbiy ko’riklardan ham o’tishga imkon topolmagan. Natijada kasallik anchagina “o’tib ketgan”…

G.Abduraimovaning murojaati yuzasidan bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, fuqaroning imtiyozli davolanishi uchun order olib berildi. Eng muhimi esa bemorning holidan doimiy ravishda xabardor bo’lib turishi uchun alohida hamshira biriktirildi.

Judayam oriyatchil xalqmiz-da! Kimlardir ishga bormasdan go’yoki mehnat ta’tilida bo’lib, maosh olib yursa-yu, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, yana og’ir kasalligi bo’lgan bir inson (Uni tom ma’noda inson deyish mumkin!) nogironlik nafaqasi olishni o’ziga “ep ko’rmasa”… Aynan nogironlik nafaqasini olish bo’yicha ham fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

Bu masala yuzasidan tegishli joylarga xat bilan murojaat qilindi. Anchagina harakatlar natijasida fuqaroga viloyat ko’z kasalliklari shifoxonasiga davolanish uchun order olishga erishildi.

Xulosa o’rnida: “Uyma-uy” loyihasi doirasida ayrim mutasaddi tashkilot va muassasa rahbarlarining befarqligi sababli o’z yechimini kutayotgan masalalarga barham berilmoqda.

Ulug’bek Mustafayev,

O’zMTDP  viloyat Kengashi matbuot kotibi

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (14)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing