Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda «Vatanparvar» tashkiloti faoliyati qanday bo’lmoqda?

O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti faoliyat boshlaganiga yigirma yetti yil to’ldi.

O’tgan yillar davomida olib borilgan izchil islohotlar natijasida respublikamiz Qurolli Kuchlari mudofaa qudratini mustahkamlashning zamonaviy tizimi yaratildi. Yoshlarni Vatanni himoya qilishga tayyorlash borasida qator yutuqlarga erishildi.

Forish o’quv sport texnika klubi unitar korxonasining hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda o’tgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlar, korxona faoliyati tahlil qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi.

– Yuksalishning zalvorli yo’lidan dadil odimlayotgan «Vatanparvar» tashkiloti uchun o’tgan davr chin ma’noda rivojlanish yili bo’ldi, – dedi Forish o’quv-sport texnika klubi unitar korxonasi rahbari Ozod Ortiqov. – Belgilab berilgan reja-topshiriqlar asosida ish yuritilganligi bois chaqiriluvchilardan Qurolli Kuchlar uchun harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy maktabi vujudga keltirildi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi tizimi yaratildi. Shu bilan birgalikda avtotransport vositalari haydovchilari, ommaviy kasblarning boshqa turlari mutaxassislarini tayyorlash maktabi yuzaga keldi.

– O’quv-sport texnika klubida turli tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etish, o’zgalar ko’magiga muhtoj bo’lganlarga moddiy yordam ko’rsatish an’ana tusini oldi. 9 may – Xotira va Qadrlash kuni arafasida tuman hududida yashayotgan 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olinib, ularga jamoa nomidan turli sovg’alar topshirildi.

SHuningdek, hisobot davrida yo’l qo’yilgan kamchiliklar va muammolar alohida ta’kidlab o’tildi.

Yig’ilishda so’zga chiqqan O’zbekiston xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Noriniso Irisova, «Mahalla» jamoat fondi raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Sardor Xo’jaqulov, Forish qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti raisi Muhayyo Egamberdiyeva, «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi mutaxassisi Sardorxon Asrorovlar ham so’zga chiqib, o’quv-sport texnika klubi unitar korxonasi faoliyatini yanada yaxshilash, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yig’ilishda bir ovozdan Ozodjon Ortiqov Forish o’quv-sport texnika klubi unitar korxonasi rahbari etib saylandi.

Rashid KARIMOV

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (8)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing