Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxda “Yagonasan muqaddas vatan” tanlovi shahar bosqichi o’tkazildi

Jizzaxdagi 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida Jizzax shahar hokimligi madaniyat bo’limi-madaniyat va aholi dam olish markazi tomonidan “Yagonasan muqadddas vatan” Respublika ko’rik-tanlovining Jizzax shahar bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax san’at kolleji, 1 va 2 bolalar musiqa va san’at maktabi, “Jizzaxlik” va “Ko’zi ojizlar” madaniyat va aholi dam olish markazi ishtirok etdi. Tanlovni nufuzli hakamlar hay’ati baholab bordilar.

Sof raqobat muhitida o’tgan shahar bosqichining yakuniy xulosalariga asosan Saidaliyev Umarshox 1 o’rin g’olibi deb topildi. 2 o’rin esa “Sangzor” estrada xalq havaskorlik jamoasiga taqdim etilgan bo’lsa, faxrli 3 o’ringa 1 son bolalar musiqa va san’at maktabining o’quvchisi Ozodov  Bunyodbek loyiq topildi.

G’oliblarga diplomlar va qolgan barcha ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Sunnatullo Majitov

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (12)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing