Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxdagi AKT sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lganlar uchun E’LON!!!

Joriy yilning 15 fevral kuni soat 11-00da AKT sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo’lgan fuqarolar uchun «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi rezidenti sifatida ro’yxatdan o’tishning afzalliklari bilan tanishtirishga bag’ishlangan videoselektor tarzida seminar o’tkaziladi.

O’zbekiston so’nggi yillarda AKTni barcha ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga, jumladan, davlat boshqaruviga hamda davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida joriy qilish bo’yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirdi. Bu o’z o’rnida mamlakatimizda elektron hukumat tizimini joriy qilishda sezilarli natijalarga erishish imkonini berdi. Jumladan, AKTni keng qo’llash natijasida xalq bilan davlat o’rtasida aloqa o’rnatishning samarali tizimi joriy qilindi.

AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko’lamli qo’llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o’rnini kuchaytirishni talab qiladi.

Mamlakatimizda AKT uchun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy ma’sulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan vazifalarni hal qilish, AKT mahsulotlari eksportini kengaytirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish maqsadida AKT sohasida mahalliy Innovatsiya markazi – «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ni tuzish to’hrisida qaror qabul qilindi.

Viloyatimizdagi AKT sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va ushbu sohada tadbirkorlik faoliyati boshlash niyatida bo’lgan fuqarolarni ushbu seminarda ishtirok etishga taklif etamiz.

Seminar o’tkazish manzili: Jizzax shahri, Sh.Rashidov shox ko’chasi, 46-uy (Aloqa uyi), «O’zI-Jizzax» filiali binosining 2-qavatida joylashgan videoselektor zali.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: (0372) 226-60-92

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (43)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing