Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxlik harbiylarga kitob yarmarkasi tashkil etildi

Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti hamda “H”-sonli harbiy qismlarida O’zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi tomonidan “Adabiyotga e’tibor –ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida kitob yarmarkalari tashkil etildi.

Yarmarkada viloyatdagi kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Yarmarkada keyingi paytda nashrdan chiqqan milliy va jahon mumtoz adabiyoti namunalari, zamondosh ijodkorlarning asarlari ,ilmiy ommabop va bolalar kitoblari sotuvga qo’yildi hamda harbiy xizmatchilar o’zlari yoqtirgan kitoblardan xarid qildilar. Yarmarkada jami bo’lib harbiy xizmatchilar tomonidan 800 dan ortiq kitoblar xarid qilindi.

Eldor Navro’zov

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (15)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing