Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxlik jurnalistlar poytaxtda tashkil etilgan loyihada ishtirok etishmoqda

Joriy yilning 12-14 mart kunlari O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Davlat dasturlarining amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o’rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari» loyihasi doirasida respublika anjumani, media-tur, seminar-treninglar tashkil etish belgilangan  edi.

 

Unda Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Akmal Binoqulov, «Do’stlik hayoti» gazetasi bosh muharriri Berdiyor Qorayev hamda «G’allaorol ovozi» muxbiri Dilafo’z Xolboyevlar ham ishtirok etishmoqda.

12 mart kuni boshlangan loyihaning dastlab kunining birinchi yarmida Zangiota tumanida joylashgan «Highway Logistics» logistika markaziga hamda tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida trikotaj mahsulotlarining eksporti bilan shug’ullanaladigan ob’yektiga media-tur tashkil etildi.

Shundan so’ng, kunning ikkinchi yarmida «Poytaxt» biznes markazida jurnalistlar uchun Nargis Qosimova tomonidan «OAV to’g’risdagi qonunchilik bazasi»ga o’zgartirishlar va kiritilgan qo’shimchalar to’g’risida davra suhbati uyushtirildi.

Loyiha davom etmoqda.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (37)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing